Ro‘ziyev Bo‘ron




Boʻron Roʻziyev (1941, Qiziltepa tumani Vangazi qishlogʻi) — gaz koni operatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1995). 1962—64 yillarda turli tashkilotlarda ishchi. 1964— 72 yillarda "Buxoroburgʻineft" va "Qashqadaryogaz" boshqarmalarida burgʻi ustasi yordamchisi, neft va gaz konlari operatori. 1972-yildan hozirgigacha "Muborakgaz" gaz konlari boshqarmasiga qarashli Muborak gaz konida neft va gaz qazib olish boʻyicha operator. U Muborak, Shoʻrtepa, Shimoliy Maymanak gaz va neft konlaridagi neft quduqlarini ishga tushirish va oʻzlashtirishda, konlarda yangi texnikani joriy etishda, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlash uchun kurashda jonbozlik koʻrsatgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz