Roʻziqul Berdiyev
Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev (oʻzbekcha: Ro'ziqul Sa'dullayevich Berdiyev; 1971-yil 22-oktabr, Kitob, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. 2012-yilning noyabr oyidan buyon „Nasaf“ futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
Futbolchilik faoliyati
1992—1996-yillarda „Yangiyer“ klubida oʻynagan. 1997-yildan 2008-yilgacha futbolchilik faoliyatining oxirigacha „Nasaf“da oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
2008-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2011-yilgacha u „Nasaf“ bosh murabbiyi yordamchilaridan biri, jumladan, 2010—2011-yillarda „Nasaf“da ishlagan va ushbu klub bilan AFC Kubogi qoʻlga kiritgan Anatoliy Demyanenkoning yordamchisi boʻlgan.
2012-yilning yanvarida Demyanenko isteʼfoga chiqarilganidan soʻng u „Nasaf“ga bosh murabbiy boʻldi va shu yilning may oyiga qadar bu lavozimda ishladi. Shundan soʻng u ushbu klubning yoshlar jamoasini boshqargan. 2012-yilning noyabr oyida yana „Nasaf“ga bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha shu klub bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Milliy terma jamoa
2017-yil 20-oktabrda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Berdiyev boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va unda minimal 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Yutuqlar
Murabbiy sifatida
Manbalar
uz.wikipedia.org