Roʻzimboy Ahmedov
Roʻzimboy Ahmedov (Eng: Ruzimboy Akhmedov; 1987-yil 3-may) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi. „Buxoro“ klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati
Roʻzimboy Xorazm futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Katta futboldagi faoliyatini 2006-yil „Xorazm“ klubi tarkibida boshlagan. Bir necha mavsum davomida jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi va 2009-yil yozgi transfer oynasida „Paxtakor“ klubi bilan 2.5 yillik shartnoma imzoladi. Mavsum yakunida jamoa bilan Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻldi. 2010-yilgi mavsum boshida „Xorazm“ klubiga ijara asosida oʻtdi va yozgi trasfer oynasida yana Toshkentliklar safiga qaytdi. 2011-yilgi mavsum oldidan Namanganning „Navbahor“ jamoasiga ijaraga berildi. „Navbahor“ takibida yaxshi xarakat qilgan Ahmedov, 2012-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ bilan oʻzaro shartnomasi yakunlanib, „Dinamo Samarqand“ klubi tarkibiga oʻtdi. Samarqandliklar safida samarali mavsum oʻtkazdi, 23 oʻyinda 11 ta gol. 2013-yiulgi mavsumda yana „Navbahor“ klubi Roʻzimboyga yaxshi taklif bilan chiqdi va 2013-yilgi mavsumni Namanganliklar safida oʻtkazdi. 2014-yilgi masumdan, 2 mavsum davomida Fargʻonaning „Neftchi“ klubiu tarkibida harakatladi. 2016-yilgi mavsum oldi transfer oynasida Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Shu yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Olmaliqlar safida oʻz oʻrnini topa olmagan Ahmedov, „Andijon“ klubi tarkibiga oʻtdi. Mavum yakunida Namanganning „Navbahor“ jamoasi 3-bor shartnoma imzoladi va keyingi 2 mavsumni lochinlar safida oʻtkazdi. „Navbahor“ klubi bilan 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 3-oʻrinni egalladi va bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 2019-yilgi mavsumda yana „Andijon“ jamoasiga qaytdi. Bir mavsum davomida Burgutlar safida harakat qilgan Roʻzimboy, 2020-yilgi mavsum oldidan faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 2021-yilgi mavsumda oʻzining sobiq jamoasi „Xorazm“ klubi taklifiga koʻra yana futbolchilik faoliyatini tikladi. Xorazmliklar bir necha yillardan buyon Oʻzbekiston Pro ligasida xarakat qilmoqda edi. Mavsumning 1-davrasini yaxshi darajada oʻtkazdi va shu sababli 2-davra oldidan musobaqa peshqadamlaridan biri „Dinamo Samarqand“ bilan shartnoma imzoladi va mavsum yakunida Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini Samarqandliklar safida 2-oʻrin bilan qoʻlga kiritdi. Ahmdedovning oʻzi „Neftchi“ futbolchi Marko Obradovich bilan birgalikda Oʻzbekiston Pro ligasida 14 ta gol bilan toʻpurarga aylandi. 2022-yil mavsum oldidan „Dinamo“ klubi bilan shartnomasi tugagani sababli, Buxoroning „Buxoro“ klubi taklifi bilan koʻxna shaxar jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolanishining asosiy omillaridan biri, 2021-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ klubida birga ishlagan ustozi Hakim Fuzaylov ham „Buxoro“ klubi ustoziga aylangani edi. 2022-yilgi mavsumda „Buxoro“ klubi yuqori mavsum oʻtkazdi. Ketma ket ikkinchi mavsum, ikkinchi oʻrin bilan, ikki xil jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va bu safar „Buxoro“ jamoasi bilan edi. Mavsumda oʻzining ikkinchi yoshligini oʻtkazgan hujumchi, ketma-ket ikkinchi bor Oʻzbekiston Pro ligasida 23 tagol bilan toʻpurarga aylandi.
Yutuqlari
Klublar
Individual
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org