Rozett toshi




Rozett toshi  — 1799-yil Misrda, Aleksandriyadan uzoq boʻlmagan, Rozetta (hozirda Rashid) shahridan topilgan granit plita. Unda maʼno jihatidan bir xil 3 ta matn bitilgan. Shulardan ikkitasi qadimgi misr tilida, bittasi qadimgi grek tilida.

Qadimgi grek tili lingvistlarga yaxshi tanish boʻlgan va ushbu 3 ta matnni taqqoslash bilan misr Iyerogliflarini oʻrganish boshlanadi. 1802-yildan Rozett toshi Britan muzeyida saqlanadi.

Oʻlchamlari: 118×77×30 sm; massasi — 750 kg ga yaqin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz