Roʻzaqul Xolmurodov
Xаlmurodov Roʻzaqul Sotiboldiyevich (kir.
Халмуродов Рўзақул Сотиболдиевич ) — 1941-yil 1-mayda Janubiy Qozogʻiston viloyati Sayram tumani Mankent qishlogʻida dunyoga kelgan. Millati — oʻzbek.
Toshkent Davlat Universitetini (1968) geografiya fani mutaxasisligi boʻyicha; Toshkent qishloq xoʻjalik institutining agronomiya fakultetini (1982), agronom mutaxasisligi boʻyicha; Almati oliy partiya maktabini (1986) siyosatshunoslik boʻyicha bitirgan. Uylangan, turmush oʻrtogʻi — Xalmurodova Savrioy. 6 farzandi bor. Oʻzbek, qozoq va rus tillarini biladi.
Agrar masalalari boʻyicha qoʻmatasining aʼzosi. Hozirgi kunda nafaqador hisoblanadi.
„Doʻstlik“ QR oʻzbeklari ijtimoiy birlashmasi respublika birlashmasining prezidentі (2003-yildan);
„Qurmet belgіsі“ (1971), II darajali „Dos’tiq“ (2001), I darajali „Doʻstiq“ (2008) ordenlari bilan; „Yeren enbegi үshіn“ (1981), „Yerlіk enbegi үshіn. V.I. Leninning tavalludiga 100 yil boʻlishi hurmatiga“, „Yenbek Yerі“ (1974), „Tingʻa 50 jil“ (2004), „Qozogʻiston Qomusiga 10 yil“ (2005), „Astananing 10 yilligi“ (2008) medaldari bilan; QozSSR Oliy kengashi Hurmat gramotasi bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org