Roza Feola




Rosa Feola (1986-yil 21-mayda tugʻilgan) – italyan opera sopranosi .

Taʼlimi



Feola Italyaning San-Nicola-la-Strada shahrida musiqaga mehri baland oilada dunyoga kelgan. Taxminan 5 yoshida u amakivachchasi bilan birinchi pianino darsiga bordi va 6 yoshga yetganda u Coro dell’Accademiada va keyinchalik cherkov xorida qoʻshiq kuylashni boshladi. Mara Naddei bilan birga tahsil olib, 2008-yilda Salerno qoʻshiqchilik yoʻnalishi bo'yicha birinchi darajadagi imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U oʻqishni Santa Ceciliya akademiyasining opera studiyasida davom ettirdi va Renata Skotto, Anna Vandi va Cesare Scartonning mahorat darslarida qatnashdi.

Karyerasi



Feola 23 yoshida Santa Ceciliya akademiyasida Kent Nagano qoʻl ostida Korinna (Il viaggio a Reims) rolida oʻzining operdagi ilk chiqishini qildi. U Placido Domingoning 2010-yilgi Operalia koʻrgazmasida Ikkinchi darajali mukofot hisoblangan Zarzuela mukofotini va bundan koʻp oʻtmay Rolex mukofotini qoʻlga kiritib, xalqaro eʼtiborga tushdi.

Keyingi yili sanʼatkor Teatro dell’Opera di Romada Adina rolida, La Fenice Teatroda Susanna rolida oʻzining opera akstrisasi sifatidagi ilk debyutini namoyish qildi. Eng muhimi, Riccardo Muti qoʻl ostida Mercadante ning I due Figaro qoʻshigʻining zamonaviy premyerasida Inez rolini kuylash edi, u oʻshandan beri u bilan uzoq vaqt hamkorlik qilib keladi. Ravenna festivalidagi chiqishlari jonli ravishda efirga uzatilgan va keyinchalik Ducale yorligʻida eʼtirof etilgan.

Shaxsiy hayoti



Feolaning shaxsiy hayotida 2015-yilda katta oʻzgarish boʻldi. U bariton Serxio Vitale bilan turmush qurgan boʻlib, turmush oʻrtogʻi ham Casertadan. Rosa Feolaning ikkita ukasi bor: Karlo, bas-bariton va skripkachi Janluka. Uning shaxsiy hayotida ham yaqinlarining koʻpi sanʼatga qiziquvchan insonlardir.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz