Roy G. Neville Mukofoti
Bibliografiya yoki biografiya boʻyicha Roy G. Neville mukofoti Fan tarixi instituti (sobiq Kimyoviy meros jamgʻarmasi) tomonidan kimyo yoki molekulyar fanlar sohasidagi biografik asarni eʼtirof etish uchun ikki yilda bir marta beriladigan mukofotdir. Roy G. Neville Mukofoti 2006-yilda taʼsis etilgan boʻlib, olim va kitob kollektsioneri boʻlgan Roy G. Neville sharafiga nomlangan. Neville 1973-yilda Kaliforniyaning Redwood shahrida Muhandislik va Texnik Maslahatchilar (ETC) ga asos solgan. Shuningdek, ilm-fan va texnika sohasidagi dunyodagi eng yirik nodir kitoblar toʻplamlaridan birini yigʻgan. XV asr oxiridan XX asr boshlarigacha boʻlgan 6000 dan ortiq nomlarni oʻz ichiga olgan Neville kolleksiyasi 2004-yilda Kimyoviy meros jamgʻarmasi (hozirgi Fan tarixi instituti) tomonidan sotib olingan.
Mukofotlanganlar
Quyidagilar Neville mukofotiga sazovor boʻlishgan:
Manbalar
uz.wikipedia.org