Roy Beerens
Roy Johannes Henricus Beerens (talaffuzi: Roy Birens; 1987-yil 22-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
PSV
Gollandiyaning Bladel shahrida tugʻilgan Beerens PSV yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2005—2006-yilgi mavsumda ikkinchi jamoa Jong PSVga oʻtgan va birinchi jamoa bilan doimiy shugʻullandi. Kolumbiyaning Once Caldas klubiga qarshi oʻyinda Beerens ilk marta asosiy tarkibga kiritildi. 2006-yilning 25-martida PSV safidagi rasmiy debyutini Villem II qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazdi. Beerensning PSVning asosiy jamoasidagi birinchi rasmiy goli 2006-yil 15-oktabrda Roda JCga qarshi uchrashuvida kiritilgan.
NEC (ijara) 2006-yil 30-dekabrda PSV dan NEC klubiga olti oylik ijara asosida qoʻshildi. NECda Vitessega qarshi derbida gol urdi.
Heerenveen
2007-yil iyul oyida Beerens Heerenven bilan uch yillik shartnoma imzolashga qaror qildi. 2009-yilning may oyida Beerens Heerenveen bilan shartnomani 2013-yilning yozigacha uzaytirdi.
AZ
2011-yilning avgustida Beerens Heerenveendan AZ Alkmaarga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi.
Hertha BSC
2014-yilning 11-iyulida Germaniyaning Herta BSC klubi Roy Beerens bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Birinchi golini 2014-yil 16-avgustda Viktoria Kölnga qarshi o‘yinda (4:2) kiritdi.
Reading
2016-yilning 16-iyulida Beerens Reading bilan nomaʼlum to‘lov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. 2016-yil 9-avgust kuni Plymouth Argylega qarshi kechgan EFL kubogida (2:0) „Reading“ safidagi ilk golini kiritdi.
2018-yilning 31-yanvarida Beerens Erediviziyaga qaytib, Vitesse bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 2020-yil 24-dekabrda futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
2007-yilda Gollandiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Foppe de Haan Beerensni 2007-yilda Niderlandiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatiga terma jamoaga taklif qildi.
Beerens 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasi safida ham oʻynagan. Birinchi marta milliy terma jamoaga 2010-yilning avgust oyida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Klub
PSV Heerenveen AZ Manbalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org