Rouz Bern




Mary Rose Byrne (talaffuzi: Meri Rouz Bern; t. 24-iyul 1979) avstraliyalik aktrisadir. Byrne ijodini 1994-yili Dallas Doll filmidagi kichik rol bilan boshlagan. 2000-yili u The Goddess of 1967 filmida bosh rolni oʻynab, Venetsiya kinofestivalida Eng Yaxshi Aktrisa mukofotini oldi.

2007—2012-yillarda Byrne Damages teleserialida Ellen Parsons rolini oʻynab, ikkita Oltin globus va ikkita Emmy nominatsiyasiga erishdi. 2011-yili u Insidious, X-Men: First Class va Bridesmaids filmlarida ijro etib, olamshumul shuhrat qozondi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz