Roundhay Garden Scene




Roundhay bogʻidan sahna (inglizcha: Roundhay Garden Scene) 1888-yili chiqarilgan qisqa metrajli filmdir. Ixtirochi Louis Le Prince tomonidan suratga olingan. Taxminan 2 soniya davom etadigan bu film bizgacha yetib kelgan eng qadimiy tasmadir.

Film Angliyaning Lids shahridagi Roundhay (talaffuzi: Raundhey) bogʻida, Joseph va Sarah Whitley hovlisida olingan. Filmda kinochi Louis Le Princeʼning oʻgʻli hamda Whitley oilasi tasvirlangan.

Filmning 20 kadrdan iborat tasmasi Londondagi Milliy Fan Muzeyida saqlanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz