Roundhay bogʻidan sahna
Roundhay bogʻidan sahna (inglizcha: Roundhay Garden Scene) 1888-yili chiqarilgan qisqa metrajli filmdir. Ixtirochi Louis Le Prince tomonidan suratga olingan. Taxminan 2 soniya davom etadigan bu film bizgacha yetib kelgan eng qadimiy tasmadir.
Film Angliyaning Lids shahridagi Roundhay (talaffuzi: Raundhey) bogʻida, Joseph va Sarah Whitley hovlisida olingan. Filmda kinochi Louis Le Princeʼning oʻgʻli hamda Whitley oilasi tasvirlangan.
Filmning 20 kadrdan iborat tasmasi Londondagi Milliy Fan Muzeyida saqlanadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org