Rotonda (inshoot)




Rotonda (lotincha: rotundus — yumaloq) — aylana shaklidagi inshoot [bino, pavilon (koʻshk), zal, shiypon, ayvoncha va h.k.]. Odatda, tomi gumbazli qilib bekiladi, perimetr boʻyicha kolonnalardan tiklanadi. Yunoniston va Qad. Rimning baʼzi ibodatxona va maqbaralari R. shaklida qurilgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davri meʼmorligida ham uchraydi. Keyinchalik boshqa mamlakatlar meʼmorligida ham tarqalgan. Oʻzbekistonda Alisher Navoiy, alFargʻoniy, Shahidlar xotirasi yodgorliklari va boshqa meʼmoriy inshootlarda R. uslubi qoʻllangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz