Rotator




Rotator (lot. roto — aylantiraman), mimiograf — 1) matn, chizma, racm va boshqalardan nusxa koʻchiriladigan apparat. R.da bosma qolip sifatida yozuv mashinasida (yoki maxsus pero bilan qoʻlda) mum folga (voskovka) ga yozshtgan, shuningdek, fotomexanik, fotoelektrik yoki galvanik usullarda tayyorlanadigan trafaret ishlatiladi. Trafaret R.dagi boʻyoq surkalgan silindrga tarang tortiladi. Silindr bilan birga aylanadigan val trafaretga qogʻozni qisadi. Shunda silindrdagi boʻyoq trafaretdagi yozuv yoki tasvir teshiklaridan oʻtib, qogʻozga tushadi. R.da soatiga 6 minggacha kichik formatli nusxalar olish mumkin; 2) biror markaz yoki oʻq atrofida bir meʼyorda aylanadigan jism.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz