Ростов-на-Дону




Rostov-Don (ruscha: Ростов-на-Дону) — Rossiyadagi shahar, Rostov viloyati markazi. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Daryo porti. Don daryosi boʻyida, uning Azov dengiziga quyilish joyidan 46 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 1 115 000 kishi (2015). 7 tumanga boʻlingan.

Rostov-Don — yirik sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi („Rostselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), dastgohsozlik, aviasozlik, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, yengil (koʻn-poyabzal, trikotaj birlashmasi, tikuvchilik fabrikalari), oziq-ovqat (tamaki, qandolat fabrikalari, goʻsht mahsulotlari, vino zavodlari), yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.

Shaharda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), konservatoriya, 4 teatr faoliyat koʻrsatadi. Oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. Rostov-Donga 1749-yilda Temernitskaya bojxonasi va porti sifatida asos solingan. 1761-yilda mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga „Rostovskaya“ deb nomlangan qalʼaning qurilishi boshlangan. 1806-yildan Rostov-Don nomini olgan. 20-asr boshlarida Rostov-Don hududiga Naxichevan-Don shahri (1778-yilda asos solingan) ham kiritilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharni 2 marta nemis fashistlari egallagan. 1943-yilda ozod qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz