Rostgoʻylik




Rostgoʻylik — rostini, haqiqatni gapirishni, oʻzini va oʻzgalarni aldamaslikni anglatuvchi tushuncha; toʻgʻrisoʻzlik. Rostgoʻy kishi haqiqiy ahvol haqida toʻgʻri maʼlumot beradi, kamchiliklarni tan oladi, yuz berayotgan voqea va hodisalarga xolisona baho beradi. Rostgo'y jamiyatning barqarorligi va jamiyat aʼzolari oʻrtasidagi ishonchni taʼminlashga xizmat qiladi. Shu sababli u har bir insonning ajralmas xususiyati boʻlmogʻi lozim. Qurʼoni karim va hadislarda rostgoʻy boʻlishga, haq soʻzni soʻzlashga daʼvat etiladi, R. ezgulikka boshlovchi fazilat sifatida baholanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz