Rossiyaning Ukrainaga bosqini
2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bosqinchilik hujumiga qadar Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib bordi hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqdi. Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi va 2022-yil 21-fevralda Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yubordi.
24-fevral taxminan soat 05:00 EET (UTC+2) da Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani „denatsifikatsiya“ va „demilitarizatsiya“ qilish maqsadida „maxsus harbiy operatsiyaning“ boshlanganini eʼlon qildi. Oradan daqiqalar oʻtgach, rus askarlari tomonidan Ukraina hududiga havodan hujumlar boshlandi. Ukraina chegara xizmati rus harbiylari Rossiya hamda Belarus bilan chegara postlari orqali bostirib kirganini maʼlum qildi.
Koʻplab davlatlar ushbu bosqinchilik hujumini qoralashdi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishdi. Hujumga qarshi global namoyishlar boʻlib oʻtayotgan bir paytda Rossiyadagi namoyishlar ommaviy hibsga olishlar bilan qarshilandi. Bosqindan avval ham, bosqin davomida ham koʻplab davlatlar Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish orqali yordam koʻrsatishdi. Bunga javoban Putin Rossiya yadroviy kuchlarini shay holatga keltirdi. Rossiya bosqini 2022-yilning sentabr oyidan muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Putin Rossiya federatsiyasi hududida qisman safarbarlik eʼlon qildi.
BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga koʻra, 500 mingdan ortiq ukrainalik qochqin hujumning dastlabki toʻrt kuni ichida mamlakatni tark etib, Yevropa boʻylab qochqinlar inqiroziga sabab boʻlgan. 2022-yil may holatida 8,2 million aholi Ukrainani tark etgan, iyun holatida esa 8 million aholi Ukraina ichida ichki ko'chishni amalga oshirgan. keyinchalik Rossiya bu urushga migrantlarni jalb qilish harakatini boshladi.Malumotlarga qaraganda hozirda Rossiya tomonidan faol urushayotgan harbiylarning 23 foizi chet elliklardir
Boshlanishi
Rossiya harbiy boʻlinmalari
2021-yilning martidan apreliga qadar Rossiya Ukraina bilan chegara yaqinida qoʻshin toʻplashni boshladi. Harbiylar sonini koʻpaytirishning ikkinchi bosqichi 2021-yilning oktabridan 2022-yilning fevraligacha davom etdi.Rossiya 2022-yil Oktabr oyida Ukrainaning Xarkiv viloyatida mag'lubiyatga uchradi.Hozirgi kunda 2022-yil 21-dekabrgacha Rossiya Belorussiya hududiga 10 ming kishilik Armiyasini VA bir necha S-400 zenit Raketa komplekslarini joylashtirdi.2023-yilda Ukraina hududiga Belorussiya armiyasi hujum qilish ehtimoli mavjud.
Xalqaro yordamlar
Ushbu harbiy harakatlar munosabati bilan AQSh Ikkinchi jahon urushi davridagi Lend-liz dasturini qayta ishga tushirdi. 2022-yil 9-may kuni AQSh Prezidenti Joe Biden Ukrainaga harbiy yordam berish imkonini koʻzda tutuvchi lend-liz toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org