Rossiyada Telegramni bloklash
Telegramni Rossiyada bloklash - Telegram messenjeriga kirishni cheklash jarayoni bo‘lib, Roskomnadzor tomonidan 2018-yil 16-aprelda iamalga oshirilgan.
2020-yil, 18-iyun kuni Roskomnadzor cheklovlar bekor qilinishini ma'lum qildi.
Ziddiyatning mohiyati
2017-yil, 1 iyulda Rossiyada "Yarovaya" qonuni kuchga kirdi, unda telekommunikatsiya xizmatlari operatorlari o'z mijozlarining telefon xabarlari va Internet-trafiklari yozuvlarini olti oy davomida saqlash, shuningdek, foydalanuvchi yozishmalarini shifrlash uchun kalitlarni saqlash va Rossiya FSB so`rovi bo`yicha ularni taqdim etish majburiyatini yuklad. Telegram rahbariyati ushbu talabni texnik jihatdan imkonsiz deb hisobladi, chunki kalitlar foydalanuvchilarning qurilmalarida saqlanadi va messenjer serverlari ularni qabul qilmaydi. Telegram asoschisi Pavel Durov ham FSB talablari Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga zid deb hisoblaydi.
Bloklash
2018-yil, 13-aprelda Moskvaning Taganskiy sudi Roskomnadzor foydasiga qaror chiqardi va shu bilan Rossiyada messenjerni blokirovka qilishga ruxsat berdi .
Kassatsiya shikoyatining rad etilishi
2019-yilning 1-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Telegramning Rossiyada messenjerni bloklash bo‘yicha berilgan kassatsiya (sud qarori bo`yicha norozilik) shikoyatini rad etdi .
Messenjerni blokirovka qilishga qarshi maxsus birlashma
2017-yil, 21-dekabrda Roskomsvoboda jamoat tashkiloti "Telegram uchun jang"ni boshladi, uning davomida tarmoq foydalanuvchilari FSB va Roskomnadzorga qarshi jamoaviy da'voga qo'shilishga taklif qilindi. Tashkilot Telegram shifrlash kalitlarini rasmiy organlarga o‘tkazish talablarini bekor qilish tarafdori edi. 2018-yil, 14-mart kuni RosKomSvoboda advokatlari Moskvaning Meshchanskiy sudiga messenjerga nisbatan Rossiya rasmiylarining harakatlariga eʼtiroz bildirish toʻgʻrisida jamoaviy daʼvo qoʻzgʻatdi. Kampaniya doirasida, 2019-yil iyul oyida FSBga shifrni ochish kalitlarini sinovsiz talab qilishiga qarshi chiqqan foydalanuvchilar tomonidan 24 ta shikoyat "ЕСПЧ"ga yuborilgan . 2021-yilning yozida "ЕСПЧ" jamoaviy da’vo bo‘yicha birinchi shikoyatni e’lon qildi va Rossiya rasmiylaridan messenjerni Rossiyada bloklash qonuniyligi haqida so‘radi. Hukumatdan 2021-yil 14-oktabrgacha bu ish boʻyicha oʻz pozitsiyasini va oʻz qarashlarini taqdim etish soʻralgan.
Taqiq yechilishining boshlanishi
2020-yil, 22-aprel kuni Davlat Dumasi “Adolatli Rossiya”dan saylangan deputatlar Fedot Tumusov va Dmitriy Ionin Telegramni bloklashni tugatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladilar. 2020-yil, 4-iyun kuni messenjer yaratuvchisi Pavel Durov deputatlarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u oʻtgan vaqt ichida ekstremistik targʻibotni aniqlash va yoʻq qilish usullari takomillashtirilganini va hozirda jamoa har oyda ommaviy zoʻravonlik va terrorchilik chaqiriqlarini tarqatish boʻyicha oʻn minglab urinishlarni toʻxtatayotganini taʼkidladi. 15-iyun kuni “Adolatli Rossiya” deputatlari Dmitriy Ionin va Fedot Tumusov parlament quyi palatasiga Telegram messenjerini blokdan chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etadi va Telegramdan Rossiyaning rasmiy organlari, masalan, Aloqa vazirligini, shuningdek, messenjerda rasmiy ma'lumotlarni e'lon qiladigan koronavirusga qarshi kurash bo'yicha tezkor shtabni eslatib o`tadi. Aloqa vazirligi deputatlarning qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlamaydi. Axborot siyosati, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari bo'yicha Davlat Dumasining qo'mitasi raisi Aleksandr Khinshtein ham tanqidiy munosabat bildiradi.
Taqiqning bekor qilinishi
2020-yil, 18-iyun kuni Roskomnadzor cheklovlar bekor qilinishini e'lon qildi. Na e'lon qilingan paytda, na keyinroq Moskvaning Taganskiy tuman sudining blokirovka qiluvchi qarori bekor qilingan. 2020-yil, 13-noyabrda Roskomnadzor Telegram messenjerida o‘z kanali tashkil etilganini e’lon qildi.
Va shuningdek...
Eslatmalar
uz.wikipedia.org