Rossiya meteor hodisasi (2013)




Koordinatalari: 55°09′17″N 61°22′33″E / 55.15472°N 61.37583°E / 55.15472; 61.37583 G O

2013-yil 15-fevralda, Toshkent vaqti bilan 9:20 da Rossiyada meteor hodisasi yuz berdi. Chelabinsk shahri ustidan 15–18 km/s tezlikda uchib oʻtayotgan kamida bitta osmon jismi (meteoroid) portladi. 1200 kishi zarba toʻlqinidan derazalar sinishi oqibatida jarohatlandi. Keyinchalik bu son 1500 ga yetdi. Olti shahardagi 3 000 ga yaqin imorat zarar koʻrdi. Rossiya Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi meteorit parchalari topilmaganini maʼlum qildi. Keyinchalik meteor parchalari topildi va Internetda sotila boshlandi.

Portlagan meteoroid shimoliy Qozogʻiston va Uralda kuzatilgan meteorit yomgʻiri qismi edi. Sibir Davlat Geodeziya Akademiyasi axborotiga binoan meteoroid diametri 50 metrga yaqin. Meteorit qulagan joy - Chebarkoʻl yaqinida diametri olti metrlik chuqur topildi.

Hodisa 2012 DA14 asteroidi yaqinlashishiga bogʻliq emas, astronomlar bu jismlar turli yoʻnalishlarda harakat qilishini taʼkidlashdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz