Rossiya fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti




Rossiya fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (ruscha: Институт востоковедения Российской академии наук) — Rossiya fanlar akademiyasining Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarini tadqiq qiluvchi ilmiy tadqiqot institutidir. Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan.

Ushbu institut 1818-yilda Sankt-Peterburg shahrida asos solingan va oʻsha paytda ushbu oliygoh "Imperatorlik fanlar akademiyasi qoshidagi Osiyo muzeyi" (ruscha: Азиатский музей при Императорской академии наук) deb atalgan. ХХ-asr boshlariga kelib, ushbu oliygoh Rossiya imperiyasidagi eng obroʻli sharqshunoslik donishgohlaridan biriga aylandi.

1930-yilda SSSR fanlar akademiyasida keng hajmli islohotlar boʻlib oʻtdi. Ushbu islohotlar natijasida Osiyo muzeyi, Buddaviy madaniyat insituti va Turkiyshunoslik kabineti birlashtirildi va hozirgi koʻrinishga keltirilib SSSR fanlar akademiyasiga boʻysundirildi.

1950-yil ushbu institut Sankt-Peterburgdan Moskva shahriga koʻchirildi. 1960-1970-yillarda ushbu oliygoh "Osiyo xalqlari instituti" (ruscha: Институт народов Азии) deb atalar edi. SSSR parchalanganidan soʻng, ushbu institut Rossiya fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz