Rossiya Esperantistlar Ittifoqi
Rossiya Esperantistlar Ittifoqi , RoSE (esper. Rusia Esperantista Unio, REU) 1991-yil 28-dekabrda Sovet Respublikalari Esperantistlar Ittifoqi (SESR) negizida tashkil etilgan.
Ittifoqning rasmiy saytining taʼrifiga koʻra, „Rossiya Esperantistlar Ittifoqi (RoSE) — bu butun dunyoda adolatli va teng huquqli til tartibini oʻrnatish, Yer yuzida yashovchi xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunish va doʻstlikni mustahkamlash uchun inson faoliyatining barcha sohalarida xalqaro esperanto tilining tarqalishi tarafdorlarini birlashtirgan butun Rossiya jamoat tashkiloti“.
Aʼzolik
RoSEga kamida 18 yoshga toʻlgan, shu jumladan esperanto tilini bilmaydigan, ittifoqqa aʼzo boʻlish istagini bildirgan va aʼzolik badalini toʻlagan (2019-yilda MDHdan RoSEning individual aʼzosi uchun bir yillik toʻlov — 250 rubl) har qanday shaxs aʼzo boʻlishi mumkin.
Shuningdek, mustaqil esperanto klublari va esperantistlar uyushmalari ham RoSE aʼzolari hisoblanadi. Ishtirok etish uchun ular ishtirokchilarning aʼzolik badallari bilan bir qatorda kirish jamoaviy toʻlovini ham toʻlaydilar.
2007-yildan 2010-yilgacha aʼzolar soni oʻsdi va 424 kishiga yetib, 2015-yilgacha pasayishni boshladi, shundan soʻng u yana bir necha yil davomida oʻsdi. 2018-yilda 173 kishi RosSE aʼzosi hisoblangan.
Faoliyat
Rossiya esperantistlar ittifoqi kitob va jurnallarni nashr etadi; Rossiyada bir qator esperantistlar uchrashuvlarini tashkil qiladi.
Havolalar
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org