Rossiya ayollar futboli chempionati
Rossiya ayollar futboli chempionati (ruscha: Чемпионат России по футболу среди женщин,
Top ayollar diviziyasi va
Ayollar Futbol Ligasi nomi bilan ham tanilgan) Rossiyadagi eng yuqori professional ayollar futbol ligasi. Rossiya ayollar futboli chempionati 1992-yilda tashkil etilgan. Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldingi ayollar ligasi 1990 va 1991-yillarda ikki mavsum oʻynagan.
Formati
2010-yilgi Rossiya ayollar futboli chempionati mavsumida yettita jamoa oʻzaro toʻrt marta oʻyin (ikki marta mehmonda va ikkita oʻyinni uyda) oʻtkazishdi. Avvalgi yillardagi Rossiya ayollar futboli chempionati mavsumida jamoalar ikki marta oʻzaro oʻynagan xolos. Rossiya UEFA koeffitsienti boʻyicha Yevropaning eng yaxshi 8 ligasida joylashganligi sababli, Rossiya ayollar futboli chempionatining eng yaxshi ikki jamoasi UEFA ayollar oʻrtasidagi chempionlar ligasiga yoʻllanma oladi. Shuningdek, Rossiya ayollar futboli chempionatida oxirgi oʻrinni olgan jamoa ayollar oʻrtasidagi 1-liga (quyi liga)ga tushib ketadi. 2011-2012-yilgi Rossiya ayollar futboli chempionati mavsumida sakkizta jamoa ishtirok etdi va jami 28 ta oʻyinda oʻynash uchun oʻzaro toʻrt martadan oʻynashdi.
2012-2013-yilgi Rossiya ayollar futboli chempionati mavsumida oʻzaro ikki davralik uchrashuvlardan keyin chempionlik (eng yaxshi oʻrinni olgan 4 ta jamoa) va quyi ligaga chiqish (eng quyi oʻrinni egallagan 4 ta jamoa) pely-off oʻyinlari oʻtkazildi. Chempionat pley-off oʻyinlari gʻolibi Rossiya ayollar futboli chempionati chempion hisoblandi.
2013-yilda Rossiya ayollar futboli chempionati bahor-kuz formatiga qaytdi. Oʻshanda chempionat pley-off oʻyinlari oʻynalmagan. Aksincha, doimiy mavsumda eng yuqori ochko toʻplagan jamoa avtomatik Rossiya ayollar futboli chempionati gʻolibi deb topildi. Aynan shu tizim hozirga qadar Rossiya ayollar futboli chempionatida saqlanib qolmoqda.
2022-yilgi mavsumdagi jamoalar
Chempionlar va eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati
Rossiya ayollar futboli chempionatida chempion va eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati:
Chempion jamoalar reytingi
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org