Rossiya avtomobil sanoati




Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish 600 ming kishi yoki mamlakatning umumiy ishchi kuchining 1 % toʻgʻridan-toʻgʻri ish bilan taminlagan muhim sanoat hisoblanadi. 2018-yilda Rossiya 1 767 674 avtomobilini ishlab chiqardi, 2018-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida 13-oʻrinni egalladi va jahon ishlab chiqarishining 1,8 foizini tashkil etdi. Asosiy mahalliy brendlar, yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilari AvtoVAZ va GAZ, KamAZ esa ogʻir avtomobillarning yetakchi ishlab chiqaruvchisidir. Oʻn bir xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiyada ishlab chiqarish quvvatlariga ega yoki oʻz zavodlarini qurishmoqda.

Tarixi



Erta tarixi




Rossiya imperiyasi mashinasozlikrivojida uzoq tarixga ega edi. XVIII asrda Ivan I. Polzunov dunyodagi birinchi ikki silindrli bugʻ dvigatelini yaratdi, va Ivan P. Kulibin gʻildirak, tormoz, uzatish tranmissiyasi va podshipnik mexanizmiga ega boʻlgan mexanik dvigatelli avtomobilni yaratdi. Dunyodagi birinchi zanjirda yuruvchi transport vositasi 1877-yilda Fyodor A. Blinov tomonidan ixtiro etdi. 1896-yilda Yakovlevskiy motor zavodi va Freze avtomobilsozlik ustaxonasi Rossiyada benzinli dvigateli — Yakovlev va Freze bilan birinchi avtomobilni ishlab chiqardi.

Oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi asrlarning almashinuvi eng brinchi rus elektr avtomobilining ixtirosi bilan esda qoladi. 1899-yilda muhandis Hippolyte V. Romanov tomonidan „kukushka“ laqabli elektromobil yaratilgan edi. Romanov akkumulyator va elektr omnibusni ham qurdi. 1917-yilgi Oktyabr Inqilobidan oldingi yillarda, Rossiyada Russo-Balt, Puzyryov, Lessner va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarar edi, 1907-yilda birinchi avto koʻrgazma boʻlib oʻtdi va xalqaro avtomobil poygasiga muvaffaqiyatli ishtirok etuvchi avtomobil ixlosmandlari bor edi. Russo-Balt avotomobili 1912-yildagi Monte Carlo Rallysida 9-oʻrinni oldi, Sankt-Peterburgdan kelgan haydovchi va haydovchi mexanik ekstremal qish sharoitida kelgan boʻlishiga qaramasdan, San Sebastian Rallysida 2-oʻrinni egalladi va 1913-yilda Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Afrikada 15 ming km yoʻlni bosib oʻtdi. Mashina haydovchisi, Andrei P. Nagel, mahalliy avtomobil brendini nufuzini oshirganligi uchun shaxsan imperator Nicholas II tomonidan taqdirlandi.

1915-yilda Rossiyada 1,000 avtotransport vositalari ishlab chiqarilgan edi. Import qilingan transport vositalari ichki ishlab chiqarilganlaridan ancha koʻp boʻlgan, 1914-yilda taxminan 10 % avtomobillar mahalliy ishlab chiqarilgan edi.

1916-yilning fevralida, chor hukumati oltita avtomobil zavodlarini qurish uchun mablag ' ajratdi: Moskvada AMO, Fili qishlogʻida Russo-Balt, Mytishchida Davlat harbiy oʻzyurar transport vositalari (KZVS), Rybinskda Rossiya Renault, Nakhichevan-Donuda Aksai va Lebedevda Yaroslavl zavodlari. Oktyabr inqilobigacha bu zavodlarning birortasi qurib bitirilmagan edi.

Sobiq ittifoq davri




1917-yil oktyabr inqilobidan soʻng, „Russo-Balt“ 1918-yil 15-avgustda milliylashtirildi va yangi rahbariyat tomonidan Prombron deb oʻzgartirildi. U Russo-Balt avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettirdi va 8-oktyabr 1922 yangi modelini ishga chiqarishni boshladi, AMO esa Fiat 15 Ter yuk mashinalarini litsenziya asosida ishlab chiqara boshladi va AMO dizaynerlari jamoasi tomonidan FIAT bazasida zamonaviy AMO-F-15 yuk mashinasini ishlab chiqdi. 1924—1931-yillarda 6000-6500 dona F-15 yuk mashinalari qurildi.

1927-yilda Ilmiy Avtomobil & Motor Instituti (NAMI) muhandislari 1927-yildan 1931-yilgacha boʻlgan davrda Moskvadagi Spartak davlat avtomobil zavodi tomonidan kichik miqdorda ishlab chiqarilgan birinchi original sovet avtomobili NAMI-I ni yaratdilar. 1929-yilda avtomobillarga boʻlgan talabning tez oʻsishi sababli, Milliy Iqtisodiyot Oliy Sovet Ford Motor Company bilan hamkorlikda GAZni tashkil etdi. Bir yil oʻtgach, Moskvada ikkinchi avtomobil zavodi tashkil etilgan, ikkinchi jahon urushidan soʻng ulkan sovet avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan va Moskvitch nomi bilan mashhur boʻlgan.

1960-yillarning boshida Moskvitch 408 ishlab chiqarildi, u aholi orasida tarqalishi uchun moʻljallangan iqtisodiyoti avtomobil hisoblangan edi. MZMA, GAZ va ZAZ kabi boshqa ishlab chiqaruvchilar ommaviy bozorga moʻljallangan turli xil avtomobillarni taklif qilishdi. Sovet hukumati xalq avtomobilini ishlab chiqaradigan va shaxsiy transportga boʻlgan talabni qondirishga yordam beradigan yirik avtomobil ishlab chiqarish zavodini qurishga qaror qildi. Iqtisodiy sabablarga koʻra, mavjud, zamonaviy xorijiy model asosida avtomobil ishlab chiqarishga qaror qilindi. Bir nechta variantni koʻrib chiqqandan soʻng, Fiat 124 oddiy va mustahkam dizayni, ishlab chiqarish va taʼmirlashning soddaligi tufayli tanlangan.

Zavod faqat 4 yil (1966—1970) ichida kichik Volga Stavropolshahrida qurilgan boʻlib, u keyinchalik yarim milliondan ortiq aholili shaharga aylandi va Palmiro Tolyatti sharafiga Tolyatti deb oʻzgartirildi. Shu bilan birga, Izhevsk shahridagi Izhevsk mexanika zavodi hududia Mudofaa Vaziri tashabbusi bilan, Sovet Ittifoqida avtomobil ishlab chiqarishning umumiy hajmini oshirish maqsadida, Izhmash avtomobil zavodi tashkil etilgan. U zavodda Moskvitch va Moskvitch asosida Kombi hatchbacklari ishlab chiqarildi.Naberezhnye Chelnyda Yevropaning eng yirik ogʻir yuk mashinalari zavodi KaMAZ qurilgan va GAZ, ZIL, UralAZ, KrAZ, MAZ, BelAZ zavodlari boshqa turdagi yuk mashinalari ishlab chiqarishda davom etdi.

1980-yillarning boshida Sovet avtomobil sanoati turli bozor segmentlari uchun avtomobil ishlab chiqaradigan bir necha asosiy zavodlardan iborat edi. 1987-yil oxirida sanoat 2 million avtomobilni ishlab chiqardi va ichki talabning 45 foizini qondirdi.

Sovetdan keyingi oʻzgarishlar



Erta 1990-yillarida, Rossiya avtomobil bozori import bojlari keskin pasayishi tufayli kengaydi, shuning uchun 1993-yilda xorijiy ishlab chiqarilgan import avtomobillar barcha savdoning 49 %ni tashkil etardi. Shu bilan birga, Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bozor iqtisodiyotiga integratsiyalashgan va 1990-larda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kamayishi, iqtisodiy inqiroz, jinoiy faoliyat va ichki bozorda raqobatning kuchayishi tufayli darhol inqirozga yuz tutdi.

1990-larning boshida asosiy mahalliy ishlab chiqaruvchilar AvtoVAZ, AZLK, IzhAvto, GAZ va UAZ edi. Ulardan baʼzilari, AvtoVAZ kabi, boshqa kompaniyalar bilan (masalan, GM-AvtoVAZ) katta sarmoya kiritish va inqirozni bartaraf etish maqsadida hamkorlik qilishdi.

1993-yilga kelib, umumiy ishlab chiqarish 1990-yilga nisbatan 14 % ga kamaydi. 1990-yillarda Lada sotilishining pasayishi va Yevropa Ittifoqining emissiya talablari keskinlashishi Gʻarbiy Yevropaga eksportni 90-yillar oxirigacha tugatilishiga olib keldi. Lada Buyuk Britaniyada yuqori savdoga ega edi, 1980-yillarning oxirida savdo choʻqqisiga yetib, yiliga 30 mingdan ortiq avtomobil sotgan, keyingi bir necha yil davomida boshqa byudjet brendlar bilan raqobatlasha olmadi.

1996-yilda 850 mingta avtomobil sotilgan edi Talab oʻsishda davom etar ekan, mahalliy brendlar sifatsiz ishlab chiqarish orqali oʻz obroʻsiga putur etkazishda davom etdilar. 1996-yilgi hisob kitobga koʻra, yangi sotib olingan AvtoVAZ avtomobilini xavfsiz va qulay darajasiga olib chiqish uchun 1-2 ming AQSh dollari qiymatda taʼmirlash kerak edi.

1998-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi sanoatga taʼsir koʻrsatdi, chunki avtomobil ishlab chiqaruvchilari import narxining oshishi sababli import qilingan komponentlardan foydalanishni toʻxtatdilar. Shunga qaramay, keyingi yillarda sanoat tezda tiklandi.

1997-yilda avtomobil ishlab chiqarish 1996-yilga nisbatan 13,2 % ga oshdi va 981 mingtaga yetdi. AvtoVAZ va UAZ ishlab chiqarishni 8,8 va 52 foizga, Kamaz esa ikki barobarga oshirdi.

Rossiyada yuk mashinalarining umumiy ishlab chiqarilishi 7 foizga oʻsdi va 1997-yilda 148 mingta 2000-yilda 184 mingtaga yetdi. Avtomobillarning umumiy ishlab chiqarilishi 1993-yil 800 mingdan, 2000-yil 1mln 160ming donaga yetdi, tijorat avtomobillarini hisobga olmaganda 965 mingtaga (OICAmaʼlumotiga koʻra 969235 dona).

1990-yillar mobaynida dilerlik mablagʻlarining etishmasligi avtomobillarni naqd pulga sotib olish kerakligini anglatardi.

2000—2008-yillar




2000-larning boshida Rossiya iqtisodiyoti tiklandi. Rossiya metallurgiya kompaniyalari, tashqi bozorlarda katta foyda olib, Rossiya avtomobil sohasida investitsiya qilish uchun harakat qildi. Sibir Alyuminiy dastlab Pavlovo Avtobus Zavodini sotib oldi va GAZga egalik qilish huquqini oshirdi. Shu bilan birga, Severstal UAZni oʻz nazoratiga oldi.

2001-yilda Ford Vsevolozhskzavodiga 150 mln AQSh dollari sarmoya kiritdi va Rossiyada oʻz yigʻish zavodini qurgan birinchi Gʻarb ishlab chiqaruvchisi boʻldi. Shu zavodda ishlab chiqarilgan Ford Focus qisqa vaqt ichida Rossiyada eng koʻp sotilgan xorijiy avtomobil boʻldi.

2003-yilda, Rus ishlab chiqaruvchilari, oʻz brendi ostida yoki xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda, ulushi hali ham avtomobillar ishlab chiqarishning 90 %dan ortigʻini tashkil etardi. Oltita asosiy avtomobil guruhlari AvtoVAZ, SOK Guruh, Kamaz, RusPromAvto, SeverstalAvto va AZLK edi. 2002-yilda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan faqatgina 11 mingta avtomobil yigʻildi.

Makroiqtisodiy tendentsiyalar kuchli boʻlib, aholi daromadlarining oʻsishi talabning keskin oʻsishiga olib keldi va 2005-yil rus avtomobil bozorida jadal oʻsish kuzatildi. 2005-yilda 1 446 525 ta yangi avtomobili, jumladan, 832 200 ta rus modellari va 614 325 ta xorijiy modellar sotilgan.

2005-yilning birinchi choragida rus tarixida birinchi marta xorijiy avtomobillar mahalliy (shu jumladan, ikkinchi qoʻl import) dan oshdi. Xorijiy kompaniyalar Rossiyada ishlab chiqarishga katta sarmoya kiritdilar: Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan xorijiy avtomobillar soni 2005-yil 157179 tadan 2007-yil 456500 taga koʻtarildi. Raqobatchilarga qarshi turish uchun mahalliy brendlar Lada Kalina kabi zamonaviy modellarni ishlab chiqarishni boshladi.

Rossiya bozorining qiymati tez oʻsdi: 2005-yil 14 %, 2006-yil 36 %, 2007-yilda 67 % va 2008-yilda dunyoda eng tez oʻsayotgan avtomobil bozori boʻldi. Xorijiy kompaniyalar 2000-yillarda Rossiyaga oqib kela boshladilar, uni mahalliy ishlab chiqarish maydonchasi va eksport uchun qulay deb hisoblashdi. Rossiyaning ish kuchi, moddiy va energiya xarajatlari gʻarbiy Yevropaga qaraganda 1/6 dan kamroq edi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar bozorining ulushini oshirish uchun Rossiya hukumati bir qator protektsionizm choralarini amalga oshirdi va mamlakatga xorijiy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishga tushirdi. 2005-yil oxirida Rossiya rahbariyati xorijiy avtomobil kompaniyalarining investitsiyalarini ragʻbatlantirish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalar (SEZ) yaratish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Maxsus iqtisodiy zonalarda ishlashning afzalliklari quyidagilardan iborat: soliq imtiyozlari, mol-mulk va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish, shuningdek soliq rejimi oʻzgarishlaridan himoya qilish. Baʼzi viloyatlar, yirik investorlar uchun keng qoʻllab-quvvatlash (100 mln AQSh dollaridan ortiq) taqdim etdi. Bu oʻz ichiga Sankt-Peterburg/Leningrad viloyati (Toyota, GM, Nissan) va Kaluga viloyati (VW) oladi. Kaluga, Kaliningrad viloyati kabi xorijiy kompaniyalarni muvaffaqiyatli jalb qildi.

Global moliyaviy inqiroz




Rossiya avtomobil sanoati 2000-yillarning oxiridagi inqirozdan qattiq jabr koʻrdi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2008-yil 1470ming donadan 2009-yil 597mingtagacha kamaydi. Xuddi shu davrda yuk mashinalari ishlab chiqarish 256 000 dan 91 000 tagacha kamaydi.

2008-yil oxirida Rossiya hukumati sanoatda vaziyatni yaxshilash uchun 5 mlrd AQSh dollarlik protektsionizm choralarini joriy etdi. Bu muammoli kompaniyalari uchun 2 mlrd AQSh dollari miqdorida yordam va rus avtomobil xaridorlari uchun 3 mlrd AQSh dollari miqdorida kreditni oʻz ichiga oladi. Bosh vazir Vladimir Putin bu qadamni ish oʻrinlarini saqlab qolish uchun muhim deb atadi. Import qilingan xorijiy avtomobillar va yuk mashinalari uchun tariflar kamida 50 % va 100 % gacha koʻtarildi. Tariflar avtomobil dvigatelining hajmiga bogʻliq edi. Rossiya shaharlarida, ayniqsa Vladivostokda Yaponiya avtomobillarining importi shahar iqtisodiyotining muhim sektori boʻlgani, tariflar oʻsishi noroziliklarga sabab boʻldi. Vladivostok biznesining yoʻqotishlarini bartaraf etish uchun Bosh vazir Putin Sollers avtomobilsozlik kompaniyasini Moskvadan Vladivostokga koʻchirishni buyurdi. Koʻchib oʻtish 2009-yilda tugallandi va hozirda zavodda 700 mahalliy aholi ishlaydi. 2010-yilda Vladivostokda 13200 dona avtomobili ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi.

Rossiya hukumati tomonidan amalga oshirilgan eng samarali inqirozga qarshi choralar mart oyida 2010-yilda avtomobillarni qayta ishlash sxemasini joriy etish edi. Ushbu sxemaga koʻra, yangi avtomobil xaridorlari 600 ming rubl (20 ming AQSh dollari) miqdorida subsidiya olishlari mumkin edi. 2010-yilning ikkinchi choragida Rossiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Avtovaz savdosini 2 baravarga oshirdi va kompaniya yana foydaga ishlay boshladi.

Soʻnggi oʻzgarishlar



2010-yil oxirida avtomobil ishlab chiqarish inqirozgacha boʻlgan darajaga qaytdi. 22010-yilda Rossiyada oʻnta eng koʻp sotilgan modellardan toʻqqiztasi mahalliy ishlab chiqarilgan va Lada AvtoVAZ modellari roʻyxatga boshchilik qilar edi. 2010-yilning birinchi 7 oyida Lada avtomobil savdosi 60 % ga oʻsdi, Koreya KIA 101 % ga sakrab chiqdi va Chevrolet sotuvi 15 % ga oshdi.

2010-yilda Rossiya yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 15-oʻrinni egalladi. 2010-yilga koʻra Rossiya avtomobilsozlik sanoati jahon avtomobil ishlab chiqarishining 2 % ni tashkil qiladi.

Rossiya brendlari avtomobil bozorining 2010-yilda 34 % dan 2012-yilda 21 % ga kamaydi. Shu bilan birga, Rossiyada xorijiy ishlab chiqarilgan avtomobillar bozorining ulushi 2012-yilda 45 % ga yetib, oʻsishda davom etdi. Rossiya avtomobil bozorining import qilingan avtomobillar muhim ulushni tashkil etardi: 2014-yilda ular 27 % avtomobillar va 46 % yuk mashinalari edi.

2014-yilgi iqtisodiy inqirozi avtomobil sotish va ishlab chiqarishning yana pasayishiga, shuningdek, kelajakdagi oʻsish prognozlarini pasayishiga olib keldi.

2016-yilda Rus yoʻllarida avtomobillar soni 40 629 200ga yetdi. Lada avtomobillarining umumiy soni 5 yil avvarli 41,6 % dan 34,6 % ga tushgan edi. Ushbu mashinalarning deyarli yarmi oʻn yoshdan oshgan va eng mashhur model hali ham klassik Lada Riva edi.

Ishlab chiqaruvchilar




Rossiya avtomobil sanoati toʻrt turdagi kompaniyalarga boʻlinishi mumkin: mahalliy ishlab chiqaruvchilari, xorijiy ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilari (OEM), qoʻshma korxonalar va xorijiy brendlarni ishlab chiqaruvchi Rossiya kompaniyalari. 2008-yilda Rossiyada avtomobillar va tegishli uskunalar ishlab chiqaradigan 5445 ta kompaniyalar mavjud edi. Ularning ishlab chiqarish hajmi va sotuvi 1,513 mlrd rublni tashkil etardi.

Dizel dvigatelli avtomobillar Rossiyada mashhur emas, ular bozorining yarmini tashkil qiluvchi Gʻarbiy Yevropa bilan solishtirganda, 2015-yilda barcha savdoning 7,6 %ni tashkil qilgan. 2016-yilda Rossiyada tabiiy gazda yuruvchi 145 ming avtomobil bor edi va mamlakatdagi barcha avtomobillarning 0,3 % tashkil etar edi. Etil benzinini sotish 2003-yilda taqiqlangan.

Mahalliy avtomobil brendlari



Iqtisodiy avtomobil Lada Priora 84779 sotilgan birliklar bilan roʻyxatning 1-oʻrnini egalladi. Ikkinchi oʻrindagi Lada Sam ara 77679 dona sotilgan edi, klassik Lada 2105/2107 esa 57499 dona sotuv bilan uchinchi oʻrinda. 2010-yil mart oyidagi avtomobillarni qayta ishlash sxemasi tufayli, Lada 2105 ning sotuvi sezilarli darajada oshishi kutilgan edi. Yetakchi Lada Kalina 2009-yilda toʻrtinchi eng koʻp sotilgan avtomobil edi va 52499 dona sotilgan edi.

Yengil tijorat avtomobillari segmentida, GAZning GAZelle modeli juda mashhur edi va 2009-yilda 42400 dona sotuv koʻrsatkichi bilan bozorning 49 % ni qamrab oldi.Avtoperevozchik jurnali „Gazelle“ ni Rossiya avtomobil bozorida 2009ning eng muvaffaqiyatli avtomobili deb eʼlon qildi.

Rossiya avtomobilsozlik sanoatining eng yirik kompaniyasi-Tolyatti shahrida joylashgan Avtovaz edi. Hozirgi kunda kompaniya 130 mingdan ortiq odamni ish bilan taʼminlaydi va uning Lada modellari Rossiya avtomobil bozoriga hukmronlik qiladi. AvtoVAZ modellarining ulushi Rossiyaning barcha avtomobil ishlab chiqarishining 50 % ga toʻgʻri keladi.

Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari ikki uyushma tomonidan taqdim etiladi: ASM-Holding va Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi.

Xorijiy avtomobil brendlar




Rossiyaning ikkinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Kaliningrad viloyatida joylashgan Avtotor kompaniyasi hisoblanadi. Avtotor zavodida BMW, Kia, General Motorsning Cadillac va Chevrolet kabi xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining modellarni SKD, CKD yoki toʻliq yigʻish uslublarida yigʻadi. 2009-yilda Avtotor 60 mingta avtomobil ishlab chiqargan holda, Rus avtomobil ishlab chiqarishining 10 % ni tashkil etgan.

Avtoframos, uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi, 2009-yilda 49500 ta avtomobil ishlab chiqargan.Uning zavodi Moskva shahrining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Avtoframos — Fransiyaning Renault kompaniyasi va Moskva shahar maʼmuriyatining qoʻshma korxonasi, ammo nazorat ulushi Renault kompaniyasiga tegishli. Kompaniya Renault Logan va Renault Sandero modellarini ishlab chiqaradi. Rossiyada ishlab chiqarilgan qismlari ulushi 54 %. 2012-yilga kelib, bu koʻrsatkich 74 % ga oʻsishi kerak edi.

Rossiyaning toʻrtinchi va beshinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari Volkswagen va Ford hisoblanadi. Umuman olganda, sanoatning beshta yirik kompaniyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan barcha avtomobillarning 80 foizini tashkil qiladi. 2016-yilda Hyundai Solaris eng koʻp sotilgan avtomobil boʻldi, 1970-yilda savdo statistika boshlanganidan buyon birinchi marta xorijiy brend birinchi oʻrinni egallagan edi.

Tijorat va ogʻir transport vositalari




Ogʻir transport vositalari sohasida eng yirik kompaniya KaMAZ yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu, shuningdek, Rossiya avtomobil sanoati boʻylab eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. 2010-yilda KAMAZ jami 32293 ta yuk mashinasini sotdi; Rossiyada 28254 ta va xorijiy mamlakatlarda 4039 dona.

Van, yuk mashinalari va avtobuslar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yana bir juda muhim kompaniya GAZ hisoblanadi. Uning eng mashhur mahsuloti GAZelle boʻlib, uning ulushi yengil tijorat avtomobillari bozorida 49 %ni tashkil qiladi. 2009-yilda kompaniya GAZelle Business deb nomlangan takomillashtirilgan versiyani ishlab chiqarishni boshladi.

Avtobus segmentida, GAZ Guruhning Avtobus boʻlinmasi bozorning 77 % ulushini egalladi. 2009-yilda kompaniya 6169 ta kichik sinf avtobuslari, 1806 ta oʻrta sinf avtobuslari va 1156 ta katta sinf avtobuslarini sotdi.

Cheboksaryda joylashgan Traktor zavodlari kontserni Rossiyaning eng yirik traktor ishlab chiqaruvchisi va dunyodagi eng yirik mashinasozlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 45 ming kishini ish bilan taminlaydi.

Amalga oshmagan loyihalar




Marussia Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Marussia brendi Rossiyada ishlab chiqarilgan birinchi zamonaviy sport avtomobili va birinchi supekar boʻldi. Marussia B1 modeli 2008-yil 16-dekabrda Moskvada yangi Manej zalida taqdim etilgan edi. 2010-yil 10-sentyabrda, Moskvada Marussia Motorsning birinchi avtosaloni ochildi. Marussia Motorsga mashhur rus shoumani, qoʻshiqchi, aktyor va avtopoygachi Nikolay Fomenko boshchilik qilar edi. Uning kompaniyasi Virgin Racing nomli formula bir jamosining katta ulushi sotib oldi va u 2011-yilda boshlab Marussia Virgin Racing deb nomlandi. Ushbu jamoa formula-1 tarixida birinchi rus jamoasi boʻldi. Marussia Motors bankrot deb eʼlon qilindi va F1 jamoasini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi va 2014-yilda umumiy savdoni toʻxtatdi.

Yana bir qisqa umrli loyiha Yo-mobile, benzin va tabiiy gazda ham yura oladigan va bir nechta elektr dvigatellarga ulangan shahar avtomobil edi. Avtomobil Moskvada 2010-yil 13-dekabrda taqdim etilgan. Bu loyiha, Sankt-Peterburgda joylashgan yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi Yarovit va Mikhail Proxorov boshchiligidagi Onexim investitsiya guruh tomonidan ishlab chiqilgan edi. 2014-yilda butun loyiha Rossiya hukumatiga ramziy miqdorda sotildi, bu esa bu gʻoyani rad etish uchun signal boʻldi. Bir nechta prototipdan tashqari haqiqiy vositalar hech qachon ishlab chiqarilmagan.

Iqtisodiy va siyosiy ahamiyati




Rossiya avtomobil sanoati iqtisodiyotning muhim sektori hisoblanadi. U bevosita 600 ming kishini ish bilan taminlaydi va tegishli sohalarda 2-3 million odamni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu mamlakat iqtisodiyotining siyosiy jihatdan juda muhim qismidir: birinchi navbatda, koʻplab ish bilan band boʻlganlar va ikkinchidan, koʻplab fuqarolar avtomobil kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlarga bogʻliq. Masalan, Tolyattishahridagi yirik AvtoVAZ zavodining farovonligi Samara viloyati shahri yoki viloyati uchun katta ahamiyatga ega. Tolyatti iqtisodiyoti bitta kompaniyaga bogʻliq boʻlgan, monoshahar hisoblanadi. 2009-yilda shaharning 700 ming aholisining qariyib 100 minggi zavodda ishlar edi.

2009-yilda sobiq Prezident Dmitriy Medvedev Rossiyaning xom-ashyo va energetika iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, uni innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy yuqori texnologiyali iqtisodiyotga aylantirishga qaratilgan Medvedev modernizatsiya dasturini ishga tushirdi. Shundan soʻng, Rossiya avtomobilsozlik sanoati ulkan modernizatsiya salohiyati tufayli diqqat markazida boʻldi.

Sobiq Bosh vazir va hozirgi prezident Vladimir Putin avtomobil sanoatiga shaxsan qiziqib qoldi. Ramziy qoʻllab-quvvatlash belgisi sifatida Putin, 2010-yil avgust oyida yangi Amur Avtomagistralida keng reklama qilingan 2165 kmli masofani Lada Kalina Sport avtomobilida bosib oʻtdi. Putin mashinani „aʼlo, hatto kutganimdan ham ortiq „deb taʼriflab, uni“ qulay „va“ deyarli ovossiz“deb maqtadi. Tadbir jiddiy iqtisodiy inqirozdan keyin qayta tiklangan Avtovazni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan edi.

Savdo statistikasi



2016-yil uchun AEB savdo maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bozorida avtomobil ishlab chiqaruvchilari va modellarining oʻntaligi:

Ishlab chiqaruvchilar




Avtomobil modellari




Yil boʻyicha eng koʻp sotilgan modellar




Zavodlar



Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati




Kaluga




Volga Federal viloyati




Rossiyaning boshqa hududlarida




Avtomobil dvigateli ishlab chiqaruvchilari




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz