Rosselxozbank




Rosselxozbank (ruscha: Россельхозбанк) (Rossiya Qishloq xoʻjaligi banki) – Rossiya Markaziy banki litsenziyasiga asosan faoliyat olib boruvchi davlat banki (100%). Bank Rossiya agrobiznesini kreditlashda yordam beradi.

Tarixi



Zamonaviy agrobiznes ishlab chiqarish tizimlari kapital talab qiladi. Agrobiznesda foydalaniladigan kapitalning katta qismi qarzga olinadi. Rossiyada agrar sohani kreditlash tizimi 1882-yilda birinchi ixtisoslashtirilgan banklar – „Dehqon yer banki“ va „Dvoryan yer banki“ tashkil etilgan paytdan boshlanadi. Sovet davrida uzoq muddatli kreditlarning qariyb 90 foizi qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish uchun berilgan.

Rosselxozbank 2000-yil 15-martda Rossiya Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vladimir Putinning maxsus farmoni bilan agrobiznes sohasida davlat kredit-moliya siyosatining drayveri boʻlib, mijozlar tomonidan kuchli qoʻllab-quvvatlanish, asosiy biznes va texnologiyalarga sarmoya kiritish va Rossiya Federatsiyasida agrobiznesning milliy kredit-moliya tizimining asosi boʻlish uchun qishloq xoʻjaligiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.

Rosselxozbank aksiyalarining 100 foiz ulushi Rossiya Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalarning 78,66% (2018-yil 31-dekabr holatida 77,11%) Davlat mulkini boshqarish federal agentligiga, 5,69% (2018-yil 31-dekabr holatida 6,1%) Rossiya Moliya vazirligiga, 15,65% (2018-yil 31-dekabr holatida 16,79%) „Omonatlarni sugʻurtalash agentligi“ davlat korporatsiyasiga tegishli.

Dmitriy Nikolayevich Patrushev 2018-yilning iyun oyidan buyon bank kuzatuv kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

2020-yilda Rosselxozbank „Svoe. Fermerstvo“ (ruscha: Своё.Фермерство) ekotizimini ishga tushirdi. Ekotizim agrosanoat majmuasida faoliyat yurituvchi kichik korxonalarni har tomonlama raqamlashtirish uchun moʻljallangan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Svoe Rodnoye maerketpleysi orqali sotishda yordam beradi. 2022-yil uchun Svoe ekotizimi 30 dan ortiq biznes xizmatlari va subplatformalarni birlashtiradi.

Sanksiyalar



2022-yil 24-fevralda AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban Rosselxozbank va boshqa Rossiya moliya institutlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz