Rosie White
Rosie Eleanor Florence White (1993-yil 6-iyunda tugʻilgan) — yangi zelandiyalik futbolchi, oxirgi marta „Milliy ayollar futbol ligasi“ klubi „OL Reign“da va Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan.
Jamoalardagi faoliyati
2015-yil iyul oyida White „Angliya kubogi“ chempioni „Liverpool Ladies“ bilan shartnoma imzoladi. „Liverpool“ bosh murabbiyi Matt Beard Whitedan jamoaning hujumini oshirishini kutgandi. 2015-yilda „Liverpool“ yettinchi oʻringa tushib ketdi, biroq 2015-yil noyabrida White bilan yangi shartnoma imzolandi.
2016-yil 9-noyabrda u „Boston Breakers“ bilan shartnoma imzoladi va u yerda „Liverpool“ning sobiq bosh murabbiyi Mett Beard bilan birlashdi. White „Boston“ safida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
2018-yil White „Chicago Red Stars“ klubiga oʻtdi. Klub 2018-yil 30-yanvarda „Breakers Dispersal Draft“ ligasida 7-chi oʻrinni egalladi. White „Red Stars“ safidagi debyutini 26-may kuni „Orlando Pride“ga qarshi oʻynda oʻtkazdi. White 2018-yilda „Red Stars“ safida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
2019-yilgi mavsumi oldidan White „Red Stars“ga, Yangi Zelandiya bilan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun jamoaga qaytmasligini eʼlon qildi. Klub ham, White ham jahon chempionatidan keyin jamoaga qaytish imkoniyatini qaytadan koʻrib chiqadi.
2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan soʻng, White 2019-yil 16-iyulda „OC Reign“ bilan shartnoma imzoladi.
2021-yil dekabr oyida „OL Reign“ Whitega boʻlgan huquqdan voz kechdi va u klubni tark etdi.
Xalqaro faoliyati
White Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi. U ilgari 17 yoshgacha va 20 yoshgacha milliy terma jamoa oʻyinlarda oʻz mamlakatini himoya qilgan.
White 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashdi. 2010-yilda u Yangi Zelandiyani 2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida himoya qildi va uchta guruh oʻyinlarida ham qatnashdi.
White 2009-yil 10-yanvarda Xitoyga 0:6 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida oʻzining kattalar jamoasidagi ilk debyutini qildi. 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan jamoalar uchun samarali toʻpurar boʻlgan White, 2010-yil 29-sentyabrda Vanuatu ustidan 14:0 hisobida gʻalaba qozongan jamoa safida edi.
U 2011-yilda Germaniya va 2015-yil Kanadada oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning uchta oʻyinidan ikkitasida oʻynagan.
2016-yil iyul oyida White 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun terma jamoaga kiritildi. U Yangi Zelandiyaning uchta oʻyinidan ikkitasida, ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi.
Xalqaro faoliyat statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org