Rosh ashona




Rosh ashona (ibr. - “yil boshi”) - yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentyabr-oktyabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va shu kunda Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan. Bu insonga chiqarilgan ilk hukm edi. Shundan buyon mazkur kunda Xudo bandalari ustidan hukm chiqaradi. Masalan, yangi yilda kimning vafot etishi va kimning yashashi o‘lim yoki hayot kitoblariga yoziladi. Biroq, mazkur kunlarda o‘yin-kulgu qilinmay, 10 kun davomida istig‘for aytib, ibodat qilish orqali insonning nomi o‘lim kitobiga emas, balki hayot kitobiga yozilishiga erishish mumkin. O'n kun davom etgan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashgʼul bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab qilgan gunoxlariga tavba qilishlari shart. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, Rosh Ashonada rejalashtiriladigan insonning bir yillik taqdiri Yom Kipurda qilingan ibodat va tavbasiga qarab belgilanadi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz