Rosetta (fazo apparati)




Rosetta (talaffuzi: Rozetta) avtomatik kosmik stansiya boʻlib, Yevropa kosmik agentligi tomonidan 67P/Churyumov–Gerasimenko (67P) kometasini tadqiq etish uchun yaratilgan. Kometaga qoʻnuvchi Philae apparati tashiydi.

Rosetta 2004-yil 2-martda Ariane 5 raketasida fazoga olib chiqilib, kometaga 2014-yil 6-avgustda yetib bordi va kometa atrofida aylanuvchi birinchi apparat boʻldi. (kometalar tomon uchirilgan avvalgi apparatlar ularning yonidan uchib oʻtishgandi.) Apparat ikki asosiy qism: 12 asbobli Rosetta orbital apparati va 9 asbobli Philae qoʻnuvchi apparatidan iborat. Rosetta apparati 67P kometasini 17 oy sinchiklab oʻrganishi rejalashtirilgan. Missiya Darmstadt shahridagi Yevropa kosmik amaliyotlar markazidan boshqariladi.

Apparat qadimgi Misrga oid bitiklar yozilgan Rozetta toshi sharafiga nomlangan. Qoʻnuvchi apparat esa Nil daryosidagi Fila oroli va unda topilgan yunon-Misr obeliski sharafiga atalgan. Rozetta toshi va Fila obeliskidagi bitiklarni oʻrganish Misr yozuvini tushunishga yordam qilgan. Shunga qiyos qilib, bu apparatlar kometani oʻrganish orqali Quyosh tizimi tarixini tushunishga yordam qilishi mumkin.

Rosetta'ning Philae apparati 2014-yil 12-noyabrida 67P kometasiga qoʻndi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz