Roselar jangi




Roselar jangi (inglizcha: The War of the Roses  — „Atirgullar jangi“) 1989-yilda katta ekranlarga chiqqan, Warren Adler qalamiga mansub shu nomdagi roman asosida suratga olingan qora komediya janridagi AQSh filmidir. Film, goʻyoki mukammal nikohga ega boʻlgan badavlat juftlik haqida hikoya qiladi. Ularning nikohi buzila boshlagach, ikkalasi ham moddiy boyliklarga davogar boʻlishib, buning yuzasida vujudga kelgan gʻazab, ajralish jangining markaziga aylanadi.

Filmda Michael Douglas, Kathleen Turner va Danny DeVitolar suratga tushishgan. Bu uch aktyor ilgari Romancing the Stone va uning davomi The Jewel of the Nile filmlarida birgalikda rol ijro etishgan. Filmga rejissorlik qilgan DeVito, produser James L. Brooks va aktyor Dan Castellaneta bilan Tbe Simpsons loyihasi tashqarisida ham ishlagan. Ochilish sarlavhasi ketma-ketligi Saul Bass va Elaine Makatura Bass tomonidan yaratilgan.

Romanda ham, filmda ham bu juftlikning familiyasi Rose (talaffuzi: Roz) boʻlib, bu nom — Oʻrta asrlarning oxirlarida ingliz taxti uchun kurashgan York va Lancaster oʻrtasidagi janglarga kinoya qiladi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Roselar jangi haqida 40 maqola yigʻilib, ulardan 85 foizi filmni ijobiy baholaydi.

Mazmuni




Rollarda




Mukoforlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz