Rose Christiane Raponda
Rose Christiane Ossouka Raponda (30-iyun 1963-yilda tugʻilgan) 2023-yil yanvardan avgustgacha Gabon Respublikasi vitse-prezidenti boʻlib xizmat qilgan siyosatchi. Shuningdek, u oʻz davlatidagi ilk ayol vitse-prezident hisoblanadi. U dastlab 2020-yil iyuldan 2023-yil yanvargacha Gabon bosh vaziri (davlatning birinchi ayol bosh vaziri) sifatida faoliyat yuritgan.Bundan tashqari Raponda Libreville meri hamda keyinchalik 2020-yildan 2019-yilgacha davlat Mudofaa vaziri boʻlib faoliyat yuritgan.
Oʻtmishi
Raponda 1963-yil 30-iyunda Farnceville shahrida tugʻilgan. U Mpongve odamlari etnik guruhi aʼzosi hisoblanadi.
Raponda Gabon iqtisodiyot va moliya institutida (Gabonese Institute of Economy and Finance) iqtisod va davlat moliyasi fakultetini bitirgan.
Faoliyati
Raponda davlat iqtisodiyotining bosh direktori hamda Gabon uy-joy banki bosh direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. U 2012-yil fevraldan 2014-yil yanvargacha Iqtisodiyot va moliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Raponda 2014-yil 26-yanvarda Gabon demokratik partiyasi vakili sifatida saylovda ishtirok etadi va poytaxt shahar Libreville meri etib saylanadi. U 1956-yildan beri bu lavozimni egallagan birinchi ayol edi va 2019-yilgacha xizmat qildi. U, shuningdek, Afrika birlashgan shaharlari va mahalliy hukumatlari (United Cities and Local Governments of Africa) tashkiloti prezidenti boʻlgan.
2019-yil 12-fevralda Raponda prezident Ali Bongo Ondimba tomonidan Gabon mudofaa vaziri etib tayinlandi hamda 2016-yildan beri bu lavozimda xizmat qilib kelayotgan va Bongo oilasi aʼzosi hisoblangan Etienne Massard Kabinda Makagani oʻrnini egalladi. 2020-yil 16-iyulda esa Julien Nkoghe Bekale isteʼfoga chiqqandan soʻng u Gabon bosh vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi. Uning tayinlanishi Gabonda boʻlib oʻtgan muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishidan keyingi Ondimba tomonidan vazirlar mahkamasida amalga oshirilgan toʻrtinchi oʻzgarish boʻldi va bu holat COVID-19 pandemiyasi tufayli ham salomatlik, ham iqtisodiy inqirozlar paydo boʻlgan, shuningdek, mamlakatning asosiy resurslaridan biri boʻlgan neft narxining pasayayotgan davrida yuz berdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org