Rose Abdoo
Rose Marie Abdoo — (talaffuzi: Rouz Mari Abdu) amerikalik aktrisa va komediyachi boʻlib, „Gilmore Girls“da „Stars Hollow“ning mahalliy mexanigi, „Gypsy“ rollari va „Thatʼs So Raven“ serialidagi ispan oʻqituvchisi Senorita Rodriges rollari bilan tanilgan.
Hayoti va faoliyati
Abdoo Michigan shtatining Detroit shahrida tavallud topgan. U Livan va Dominikan millatiga mansubdir. Uning otasi Peter Abdoo Qoʻshma Shtatlar armiyasi muhandislar korpusida budjet tahlilchisi, onasi Mary esa uy bekasi boʻlgan.
Abdooning aktrisalik faoliyati Chikago shahrida boshlangan. Boʻlajak aktrisa u yerda turli improvizatsiya teatrlarida, jumladan Improv institutida va toʻrt yil davomida The Second City da ishtirok etgan. U oʻzining bir aktyor koʻrsatuvlarini ishlab chiqishda davom etadi hamda Who Does She Think She Is? and Get to the Part About Me kabi asarlarini ommaga taqdim etadi. U, shuningdek, Bob Odenkirk va Konan OʻBrayen bilan "Happy Happy Good Show " deb nomlangan qisqa muddatli estrada dasturini amalga oshiradi.
Southfield oʻrta maktabini tamomlagandan soʻng, Abdoo 1984-yilda aloqa boʻyicha sanʼat bakalavri va keyinchalik Michigan shtati universitetida aktyorlik boʻyicha tasviriy sanʼat magistri darajasiag erishadi.
U bir nechta kollej teatrlarida rollar oʻynagan va professor-oʻqituvchilari tomonidan improvizatsion rollarni oʻrganishga undalgan. U Chikagoga koʻchib oʻtadi. U yerda milliy gastrol shoularida qatnashadi va ETC truppasiga qoʻshiladi. ETC ishtirokchisi sifatida Abdoo 1991-yilda „We Made a Mesopotamia, Now You Clean It Up“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida Jozeph Jefferson mukofotiga sazovor boʻladi. „Chicago Tribune“ shouning eng goʻzal qismi deb atagan. 1994-yilda u taqdirlash marosimiga boshlovchilik qiladi.
U oʻz hamkasblari bilan birga "Good Night and Goof Luck" filmi uchun „Best Ensemble Screen Actors Guild award“ mukofotiga nomzod boʻladi. 2008-yil mart oyida Abdoo Crackledagi "The Writers Room" veb-serialida rol ijro etadi.
Aktrisa Abdoo 2021-yilda Josefina rolini ijro etish maqsadida HBO Hacks aktyorlari tarkibiga qoʻshiladi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org