Rosaliya Mera




Rosalía Mera (1944-yil 28-yanvar, La-Korunya, Ispaniya — 2013-yil 15-avgust, La Korunya, Ispaniya) — ispaniyalik ishbilarmon ayol va ijtimoiy faol, Ispaniyaning eng boy ayolaridan biri, Zara brendining ham egasi. Forbes maʼlumotlariga koʻra, Rosalía Meraning boyligi 6,7 milliard dollarga baholangan. Shuningdek, Paideia xayriya fondi asoschisi.

Biografiya



Rosalía Mera 1944-yil 28-yanvarda LA-Korunya (Ispaniya) shahrida tavallud topgan. Mera 11 yoshida tikuvchilik kasbini egallagan. Mera modellik faoliyatini 13 yoshida boshlagan. 1963-yilda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Amansio Ortega (1966-yilda turmush qurgan) bilan birgalikda Inditex guruhiga asos solgan. Mera1986-yilga kelib turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgan, ammo biznesini davom ettirgan. 2004-yilda Rosalía Mera Inditex direktorlar kengashidan isteʼfoga chiqdi. Mera xolding aksiyalarining 7 foiziga egalik qilgan.

2013-yilning yoz oyida, Menorka orolida taʼtilda boʻlganida, u insultni boshdan kechirdi. Xususiy samolyot Merani LA-Korunyadagi xususiy klinikaga olib bordi va u yerda 2013-yil 15-avgustda yurak tutilishidan vafot etdi. U Oleros (A Coruña) munitsipalitetidagi Santa Eulalia de Lians[gl] cherkovi qabristoniga dafn qilindi.

Martaba



Shuni etib oʻtish kerakki, modellashtirish biznesidan tashqari, Mera onkologik dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchi va yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun barmoq izlari tizimlarini ishlab chiqaruvchiga sarmoya kiritgan dengiz baliq fermasiga ega edi. Shuningdek, Forbes jurnali reytingida u oʻz biznesini noldan boshlagan eng boy ayol edi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz