Rosa Linn




Rosa Kostandyan (armancha: Ռոզա Կոստանդյան), Rosa Linn (armancha: Ռոզա Լին) nomi bilan ham mashhur — arman qoʻshiqchisi, qoʻshiqlar muallifi va musiqa produseri. U Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Eurovision qoʻshiqlar tanlovida oʻz mamlakati sharafini „Snap“ qoʻshigʻi bilan himoya qildi.

Bolaligi



Rosa Armanistonning Vanadzor shahrida tugʻilib oʻsgan. U olti yoshidan boshlab pianino chalishni boshlagan. 2013-yilda u Armanistonning Bolalar Eurovision qoʻshiqlar tanlovi uchun milliy tanlovida „Գիտեմ“ (oʻzb. "Bilaman") qoʻshigʻi bilan ishtirok etdi.

Faoliyati



2020 — hozirgi kun: boshlanishi va Eurovision



Linn oʻzining professional musiqiy karerasini arman-amerikalik qoʻshiqchi-qoʻshiqlar muallifi Tamara Kaprelyan tomonidan asos solingan Amerikaning Nvak Collective ovoz yozish leyblida boshlagan. 2021-yil sentyabr oyida Linn amerikalik qoʻshiqchi Kiara bilan hamkorlikda oʻzining „King“ debyut singlini chiqardi. U 2021-yil noyabr oyida Armaniston jamoat televideniyesi (AMPTV) ning ertalabki koʻrsatuvida ushbu qoʻshiq bilan televizion debyut qildi. Oʻsha yili Flaunt uni „Armanistonning birinchi ayol musiqa produseri“ deb atadi.

11-mart kuni AMPTV Rosani mamlakat vakili sifatida rasman eʼlon qildi. Uning „Snap“ deb nomlangan „Eurovision“dagi qoʻshigʻi 19-mart kuni klip bilan birga chiqdi. Qoʻshiqni Linn, Tamar Kaprelyan, Larz Principato, Jeremy Dusulet, Ellie Crystal va Courtney Harrell yozgan. Rosa 10-may kuni tanlovning birinchi yarim finalida „Snap“ qoʻshigʻini ijro etdi va finalga yoʻllanma oldi. U 14-may kuni finalda yana shu qoʻshiqni ijro etdi va 20-oʻrinni egalladi.

Tanlovdan soʻng „Snap“ TikTokda tarqaldi va koʻplab mamlakatlarning milliy chartlarida yuqori oʻrinlarni oldi. 2022-yil avgust oyida u Columbia Records bilan shartnoma tuzdi.

Diskografiyasi



Singllar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz