Rosa acicularis
Rosa acicularis — rosaceae oilasiga mansub gulli o'simliklar qatoriga kiradi. Odatda
tikanli yovvoyi gul ,
tikanli atirgul , tukli
gul ,
yovvoyi gul yoki
Arktika atirguli deb ham nomlanadi. Bu Osiyo Yevropa va Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida golarktik tarqalgan yovvoyi atirgulning bir turi hisoblanadi.
Tavsifi
Rosa acicularis - 1-3 metr balandlikda o'sadigan bargli buta hisoblanadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan bo'lib, 7-14 sm uzunlikda, uchdan ettigacha yaproqlar joylashgan. Barglarining shakli tuxumsimon, chetlari tishli (tishli) tuzilgan. Gullar pushti (kamdan-kam hollarda oq), diametri 3,5-5 sm, kesib ko'rilganda, rangi qizil, nok shaklida tuxumsimon, diametri 10-15 mm kattalikda bo'ladi. Uning tabiiy yashash joylariga chakalakzorlar, soy bo'ylari, qoyali toshlar va o'rmonli tepaliklar hisoblanadi.
Ushbu atirgul turining ploidligi o'zgaruvchan bo'ladi. Botanika ilmiy-tekshirish instituti olimlari uni Shimoliy Amerikada tetraploid va geksaploid (subsp. sayi) va Yevrosiyoda oktoploid (subsp. acicularis), jumladan, Xitoyda sanab o'tgan. Shimoliy qutb tekisliklarida o'sadigan turlarining genetikasi odatda tetraploid hisoblanadi. Yukonda geksaploid populyatsiyalari mavjud.
Shimoliy Amerikada tarqalishi
Shimoliy Amerika tekisliklarida bu mahalliy atirgul turi Albertaning viloyatining mahalliy gulidir. Bu Kanada Prairiya provinsiyalarining Parklend hududida Rosa Woodsii (Vuds atirgullari) kabi turi keng tarqalgan emas va Shimoliy Amerikaning shimoliy boreal o'rmonlarida Rosa Woodsii kabi keng tarqalmagan.
Foydalanishi
Qishgacha o'simlik tanasida saqlanib qolinadigan moddalar A va C vitaminlari bo'lib yuqori samaraga ega ekanligi haqida ma'lumotlar mavjud. Mahalliy amerikaliklar barglardan choy va salat tayyorlashadi va tamaki chekish uchun ichki qobig'idan foydalanishadi. Bu o'simlikdan parfyum ham ishlab chiqarilish keng yo'lga qo'yilmoqda.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org