Rori Konnop
Rori Konnop (1990-yilning 27-dekabr sanasida dunyoga keladi) – Kanada futbol ligasining (CFL) Saskachevan Roughriders jamoasining sobiq Kanadalik himoyachisi. U dastlab Gʻarbiy Universitetga qarashli Gʻarbiy Ontario Mustangs jamoasi uchun kollejda futbol oʻynagan. Shuningdek , Kanada oʻsmirlar futbol ligasining (CJFL) Edmonton Wildcats oʻsmirlar terma jamosida ham oʻynagan.
Hayoti va faoliyati
Konnop Sent-Fransisk Xavier oʻrta maktabida oʻqigan, lekin oʻrta maktab futbolida oʻynamagan. Buning oʻrniga West Edmonton Raiders jamosida futbol oʻynagan. CJFLning Edmonton Wildcats jamoasi bilan uch yil oʻynadi va ikki marta Prairie futbol konferentsiyasining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 2011-yilda Boise shtat universitetiga oʻqishga kiradi va Broncosda eng yaxshi oʻyinchi holatini saqlab qoldi. Boise shtatidagi bir yillik faoliyatidan soʻng, Konnop NCAA bilan faqatgina ikki yilik shartnoma imzolashini aytgandan soʻng Bronkosni Gʻarbiy Mustanglar jamoasini tark etadi. Mustanglar bilan mavsum 16 ta oʻyinda 32 ta zarba va 6 ta chorak toʻpni qayd etgan. Shuningdek, 7 ta pley-off oʻyinida jami 16 ta toʻp bilan oʻynadi. Konnop 2014-yilgi Sharqiy Gʻarbiy Boulda oʻynash uchun taklif qilindi.
Professional faoliyati
Konnop 2015-yilgi CFL loyihasining uchinchi bosqichida Saskachevan Roughriders tomonidan 26 chi oʻyinchi sifatida tanlab olinadi. CFLdagi debyutini oʻyinini oʻtkazdi va 27-iyunda Winnipeg Blue Bombers jamoasiga qarshi mavsumdagi debyutini uchrashuvini oʻtkazadi. Konnop BC Lions jamoasiga qarshi oʻyinida oʻzining birinchi oʻyinini qayd etdi. 2016-yilning may oyida nafaqaga chiqdi.
Shaxsiy hayot
Rori Konnop sobiq Edmonton Eskimos hujumchisi va Kanada futbol shon-shuhrat zali aʼzosi Rod Konnopning oʻgʻli boʻlgan. Konnop xokkeyga juda qiziqan va Alberta Junior Xokkey Ligasida uch mavsum oʻynagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org