Rorayma





Rorayma — Braziliyaning shimolidagi federal hudud. RiuBranku daryosi havzasida, Venesuela va Gayana chegarasida. Maydoni 225,1 ming km². Aholisi 324,2 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — BoaVista sh. R.ning katta qismi Gviana yassitogʻligining jan. pastroq chekka qismida, qolgan qismi Amazonka pasttekisligida joylashgan. Iklimi shimolida subekvatorial, janubida ekvatorial, issiq va nam iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 26—28°, yillik yogʻin 1300–2300 mm. Qimmatbaho daraxtlar oʻsadigan ekvatorial oʻrmonlar. shim. hududlarida savannalar bor. Xoʻjaligining asosini oʻrmonchilik tashkil etadi. Baliqovlanadi, ovchilik rivojlangan. Olmos va oltin konlari bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz