Ron's Gone Wrong




Ronʼs Gone Wrong (tarjimasi „Tuzatib boʻlmas Ron“; ayrim oʻzbekcha manbalarda Mening robot doʻstim nomi bilan ham tanilgan) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Sarah Smith va Jean-Philippe Vine tomonidan tasvirga olingan ilmiy fantastik va komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmga Julie Lockhart va Lara Breay produserlik qilishgan, ssenariyni esa Peter Baynham va Smith yozishgan boʻlib, bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Zach Galifianakis, Jack Dylan Grazer, Ed Helms, Justice Smith, Rob Delaney, Kylie Cantrall, Ricardo Hurtado va Olivia Colman kirishadi. Multfilm Locksmith Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilk filmdir.

Ron's Gone Wrong filmi xalqaro premyerasi 9-oktabr 2021-yilda boʻlib oʻtdi. Buyuk Britaniyada shu yilning 15-oktabridan, AQShda esa 22-oktabridan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film umumjahon boʻylab $60.4 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Ron's Gone Wrong haqida 93 ta maqola yigʻilib, ulardan 80 foizi filmni ijobiy baholaydi.

Mazmuni



Har bir bolaning haqiqiy doʻsti boʻlishi kerak. Qandaydir uy hayvonlari emas. Eng yaxshi doʻst harakat qila oladigan, gapira oladigan, eng muhimi, internetga ulangan va egasiga ijtimoiy tarmoqlarda yozish va barcha soʻnggi tendensiyalarni oʻrganishga, sinfdoshlar bilan aloqada va yangiliklardan xabardor boʻlishga yordam beradigan ajoyib robot boʻlishi mumkin. Hamma maktab oʻquvchilarida shunday robot bor. Ammo uyatchan Barney Pudowski bundan mustasno, shuning uchun u oʻz tengdoshlari orasida oʻzini begonadek his qiladi — toki u uzoq kutilgan tugʻilgan kuni sovgʻasini olmaguncha. Biroq Ron ismli robot nuqsonli boʻlib chiqadi, ammo yosh egasi unga oʻzi bilgan hamma narsani mustaqil ravishda oʻrgatishga qaror qiladi.

Ovoz berganlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz