Rong Hao




Rong Hao (talaffuzi: Jun Xao) (1987-yil 7-aprelda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻng qanot qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Rong Hao futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Wuhan Guangguda boshlagan va 2006-yilning 27-mayida Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (1:0) klubdagi ilk golini kiritgan. Keyin u 2006-yilgi mavsum oxirida yana beshta liga oʻyinida maydonga tushgan. Keyingi mavsumda u odatda zahiradan maydonga tushishiga qaramay, asta-sekin oʻzini klubning asosiy futbolchisi sifatida koʻrsata boshladi. Ammo, 2008-yil 27-sentyabrda Beijing Guoan bilan oʻtkazilgan oʻyinda kelib chiqqan janjaldan soʻng, klub rahbariyati Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan jazoni qabul qilishdan bosh tortganidan soʻng, 2008-yilgi mavsumda Wuhan kutilmaganda yuqori ligadan chetlashtirilgan va keyinchalik quyi ligaga tushib ketgan.

2009-yilgi mavsumda yuqori divizionga koʻtarilgan „Jiangsu Sainty“ klubi Rongni ijaraga olgan. U darhol oʻzini klubning asosiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan va ularni jadvalda oʻninchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan. Ijara muddati tugagach, Rong „ Hangzhou Greentown“ga oʻtdi va klubni toʻrtinchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan va bu ularga klub tarixida birinchi marta OChLda oʻynash imkonini bergan.

2011-yil 26-dekabrda Rong Zhao Xuri, Li Jianbin va Peng Xinli bilan birga Guangzhou Evergrandga oʻtgan. Rong 2012-yilgi mavsumning koʻp qismida jarohat olgan va hech qanday oʻyinda qatnasha olmagan. 2018-yilning 28-fevralida Rong 2018-yilgi mavsum uchun yuqori divizion vakili „Shanhai Shenhua“ga ijaraga berilgan. 2019-yil 28-fevralda Rong 2019-yilgi mavsum uchun yuqori divizonning boshqa klubi Tianjin Tedaga ijaraga berilgan.

Xalqaro faoliyati



Rong Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Keyingi oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng u oʻsha paytdagi bosh murabbiy Gao Xongbo qoʻl ostida oʻzini birinchi chap qanot himoyachisi sifatida koʻrsatgan va 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan. Bunga qadar milliy terma jamoa bilan 2010-yil Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Yutuqlar



Klub



Guangzhou Evergrand

Xalqaro



Xitoy

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz