Rondoniya





Rondoniya — Braziliyaning shimolidagi federal hudud, Madeyra daryosi havzasida. Maydoni 238,5 ming km². Axrlisi 1,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — PortuVelyu sh. R.ning katta qismi Braziliya yassitogʻligining shim.gʻarbiy qismi, shim. Amazonka pasttekisligidan iborat. Iklimi ekvatorial, issiq va nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 23—24°, yillik yogʻin 2000–2500 mm. Ekvatorial oʻrmonlar, savannalar bor. Iqtisodiyotining asosini oʻrmon xoʻjaligi tashkil qiladi: kauchuk, braziliya yongʻogʻi yigʻiladi, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi, ovchilik bilan shugʻullaniladi. Togʻ etaklarida dehqonchilik qilinadi. Sanoati oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Oltin, kassiterit qazib olinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz