Ronald George Wreyford Norrish




Ronald George Wreyford Norrish (1897.9.1, Kembrij — 1978.7.6) — ingliz fizik-kimyogari. Kembrij universiteti professor (1937-yildan). Asosiy ilmiy ishlari oʻta tezkor kimyoviy reaksiyalarni impuls usullari bilan tadqiq qilishga oid. Yorugʻlik nuri taʼsirida ketonlarning parchalanishini (Norrish reaksiyasi) topgan (1936—38). J.Porter bilan hamkorlikda impulsli fotolizning birinchi qurilmasini yasagan (1950). Benzinga tetraetil qoʻrgʻoshin qoʻshilganda peroksidlar — spontan yonish markazlarining qaytarilishi natijasida detonatsiyaning yoʻqolishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1967, J.Porter va Manfred Eigen bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz