Ronald Warisan




Ronald Warisan ( talaffuzi: Ronald Varisan) (1989-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — papua-yangi gvineyalik futbolchi. Ronald Warisan hozirgi kunda Papua-Yangi Gvineya milliy futbol ligasi vakili „Lae City FC“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Ronald Warisan futbolchilik faoliyatini dastlab, „Sepik FC“ safida boshlagan edi. Ronald Warisan „Sepik FC“ safiga 2008-yilda kelib qoʻshildi. Ronald Warisan klub bilan bir nechta oʻyinlarda maydonga tushdi. Shundan soʻng, Ronald Warisan 2009-yilda "Sepik FC' futbol jamoasini tark etdi. Keyin, Ronald Warisan 2009—2010-yilgi mavsumni „CMSS Rapatona Tigers“ futbol klubi safida oʻtkazdi. 2010-yilda Ronald Warisan klubni tark etganidan soʻng, „Besta United PNG“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Ronald Warisan yangi klub safida 2013-yilgacha faoliyat olib bordi va klubni tark etdi. 2013—2014-yilgi mavsumda Ronald Warisan „Gigira Laitepo Morobe FC“ futbol klubi safiga qoʻshildi (Yuqoridagi barcha futbol klublari Papua-Yangi Gvineya milliy futbol ligasi vakillari edi). Oʻz mamlakatida bir nechta klublarda oʻynaganidan soʻng, Ronald Warisan 2014-yilda "Lae City FC“ futbol jamoasi safiga qoʻshildi. 2015-yilgi Milliy futbol ligasining 8-turi doirasidagi 2015-yil 11-aprelda „Oro“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (6:0) Ronald Warisan „Lae City FC“ futbol klubi uchun raqib darvozasiga yakuniy golni kiritdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Ronald Warisan 2012-yilda Papua-Yangi Gvineyasining 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro maydondagi uchrashuvda ishtirok etdi. Ronald Warisan Papua-Yangi Gvineya milliy futbol terma jamoasi safidagi debyut oʻyinini 2014-yil 6-sentyabrda Singapur milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi.

Ronald Warisan 2016-yilgi OFK Millatlar kubogi uchun tuzilgan Papua-Yangi Gvineya milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan va turnirning barcha beshta oʻyinida ishtirok etgan.

Xalqaro oʻyinlar statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz