Ron Atkinson




Ronald Frederick Atkinson (1939-yil 18-martda tug'ilgan)- ingliz sobiq futbolchisi va murabbiyi. Atkinson "Big Ron" nomi bilan tanilgan. U 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Britaniyaning eng taniqli futbol ekspertlaridan biri hisoblangan.

Atkinson futbolchilik faoliyati davomida "TheTank" laqabini olgan va 12 yil davomida Oxford United sharafini himoya qilgan. U o'yinlarda maydonga tushish bo'yicha klub rekordini saqlab kelmoqda. Murabbiy sifatida u 1983 va 1985-yillarda "Manchester United" bilan Angliya kubogi, 1991-yilda Sheffield Wednesday va 1994-yilda "Aston Villa" bilan Futbol Ligasi kubogini qo'lga kiritgan.

Erta hayot va o'yin faoliyati



Atkinson Liverpoolda tug'ilgan, ammo uning oilasi Shard Endga (o'sha paytda Warwickshireda, hozirda Birmingemning hududi) ko'chib o'tgan. Atkinson Lea Village o'rta maktabida o'qigan. Atkinson 17 yoshida BSA Tools ishchi jamoasini tark etib, Aston Villa bilan shartnoma imzolagan.

Kettering Town va Cambridge United



O'yinchilik faoliyatini tugatgandan so'ng, Atkinson 1971-yilda atigi 32 yoshida ligaga kirmaydigan Kettering Townning bosh murabbiyi bo'ldi. Uning u yerdagi muvaffaqiyati 1974-yil noyabr oyida Cambridge United bilan ligaga o'tishga olib keldi. Atkinson 1977-yilda to'rtinchi divizionda g'olib chiqdi. Atkison ularni Ikkinchi divizionga chiqish arafasida tark etdi.

Manchester United



Atkinson "Manchester United" da o'zidan oldingi murabbiydan ko'ra, jamoani yuqori darajaga olib chiqadigan odam sifatida ko'rildi.

Atlético Madrid



"Manchester United" dagi faoliyatidan so'ng, Atkinson "Atletiko Madrid" ni boshqarishi kerak edi, biroq "Atletiko" dagi ichki siyosat uning tayinlanishini kechiktirdi va bu orada Atkinson "West Bromwich" ni boshqaridi. 1988-yil oktyabr oyida Atkinson Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Atkinson "Espanyol" ga qarshi o'yinda 6:1 hisobida g'alaba qozondi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz