Romul




Romul (Romulus) — Rim rivoyatiga koʻra, Rim shahri asoschisi va Rim qirolligining ilk podshosi (mil. av. 754/753 — 717/716). Afsonaga binoan, kohin ayol Reya Silviya va urush xudosi Marsdan tugilgan Romul va uning egizak ukasi Remni ona boʻri emizib, choʻpon tarbiya qilgan. Rim senatini taʼsis etish va aholini tabaqalarga — kuriyalarga boʻlish, qoʻshin tashkil etish, Rim fuqarolarini patritsiylarta va plebeylarta ajratish Romul tomonidan ishlab chiqilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz