Romário
Romário Guilherme dos Santos (talaffuzi: Romariyo Gyilhem dos Santos) (1992-yil 13-martda tugʻilgan) (oddiygina
Romário nomi bilan tanilgan) — braziliyalik futbolchi. Romário „Novorizontino“ futbol jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Audax
Romário São Pauloning Diadema shahrida tugʻilgan. Romário oʻz faoliyatini „Audax“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. 2010-yilning yozida Romário „Porto“ futbool klubiga ijaraga berildi.
2011-yil iyul oyida Romário asosiy klubi safiga qaytdi. Keyingi yilning 3-sentyabrida Romário dekabr oyiga qadar ijara asosida Série A vakili „Bahia“ futbol klubi safiga qoʻshildi.
Romário 2013-yil boshida „Audax Rio“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.
Red Bull Brasil / Avaí
2013-yilning 14-dekabrida „Audax“ futbol klubidagi navbatdagi ijara mavsumidan soʻng Romário"Red Bull Brasil" futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyingi 7-may kuni, „Campeonato Paulista“ futbol jamoasi bilan uchrashuvda ajoyib oʻyin koʻrsatganidan soʻng, Romário „Avaí“ futbol klubi eʼtiborini tortdi va keyinchalik klub safiga qoʻshildi.
.
Atlético Goianiense
2016-yilning yanvarida Romário yil oxirigacha „Atlético Goianiense“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Yil davomida Romário muntazam ravishda „Atlético Goianiense“ futbol klubining asosiy tarkibi safida maydonga tushdi va mavsumning oxirlarida jamoa sardori sifatida jamoaga boshchilik qildi.
Romário „Atlético Goianiense“ futbol klubi safidagi oʻzining birinchi professional golini 2016-yilning 30-avgustida „Ceará“ futbol klubi bilan oʻyinda (2:2 hisobidagi durang) jamoasining ikkinchi goli sifatida kiritdi.
Ceará
2016-yilning 7-dekabrida Romário "Ceará" futbol klubi bilan bir yillik shartnomaga kelishib oldi.
Santos
2017-yil 31-oktabr kuni „Santos“ futbol klubi prezidenti Modesto Roma Junior Romário klub bilan 1-yanvardan boshlab besh yillik shartnomaga rozi bo‘lganini eʼlon qildi. Romário bu haqda 2018-yilning 4-yanvarida rasman eʼlon qildi.
Romário klub safidagi ilk oʻyinini 2018-yilning 17-yanvarida o‘tkazdi. Klub uchun bor-yoʻgʻi ikkita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Romário 10-mart kuni oʻzining oldingi jamoasi „Ceará“ga yil oxirigacha ijara asosida qoʻshildi. Shundan soʻng, Romário yil oxirida ijara shartnomasi asosida „Guarani“ futbol klubi safiga qoʻshildi.
Novorizontino
Romário 2022-yil 31-martda „Santos“ futbol klubi bilan shartnomasini bekor qilgandan soʻng, „Novorizontino“ futbol klubi safiga qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org