Romli baba




Romli baba  — kelib chiqishi slavyancha boʻlgan qandolat mahsuloti, babaning bir turi boʻlib, mayiz, baʼzan shakarlangan mevalar qoʻshib koʻpchitilgan yogʻli xamirdan tayyorlangan tortcha. Mahsulotning vazni 100 g dan kam boʻlmaydi. Pishirgandan soʻng, unga moʻl-koʻl shakar siropi va rom essensiyasi shimdiriladi, baʼzida murabbo qoʻshiladi. Tortning yuqori qismiga meva shirasi yoki qiyom surtiladi.

Romli baba tarixi Polsha qiroli va 1737-1766-yillardagi Lotaringiyaning soʻnggi gersogi Stanislav Leshinskiy (1677-1766) nomi bilan bogʻliq. U anʼanaviy Germaniya va Avstriya bayram noni — kugelhopf yoki anʼanaviy Polsha Pasxa noni — „baba“ (polyakcha: baba) retseptini oʻzgartirgan hisoblanadi.

Quritilgan mevali va rom shimdirilgan zamonaviy baba 1835-yilda yoki undan oldinroq Fransiyaning Parij shahridagi Montorgeyl koʻchasida ixtiro qilingan. Bugungi kunda Fransiyada va Sharqiy Yevropadan tashqari deyarli hamma joyda „baba“ deganda romli babani tushunishadi.

Baba Neapolda ham mashhur boʻlib, babà yoki babbà nomi ostida Neapolcha taomga aylandi.

Bu shirinlik AQSHdagi restoran menyularida ham 1899-yildan beri, balki undan ham oldinroq paydo boʻlgan.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz