Romen Zohidov




Romen Abdullayevich Zohidov (1937— 17.12, Toshkent) — geliotexnik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), texnika fanlari doktori (1984), professor (1986). Moskva energetika institutini tugatgan (1961). Shu institutda katta ilmiy xodim (1966—69), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim (1969—71), Ilmiy asbobsozlik loyi-ha-konstruktorlik va texnologiya Mar-kaziy byurosi direktori (1971 — 86), Energetika va avtomatika instituti direktori (1986-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, yuqori temperaturali geliotexni-kaning dolzarb masalalariga, yuqori potensialli jamlovchi tizimlar na-zariyasini hisoblash, loyihalash va yaratish texnologiyasi hamda ularni ma-teriallarni sinashda, mahsulotlar va energetik qurilmalarda qoʻllashga ba-gishlangan. Z.ning ilmiy ishlaridan quyosh elektr st-yasini (Qrim), yuqori tempaturali issiqlik fizikasi kompleksini (Mahachqala sh.), Quyosh pechini (Yerevan), yuqori temperaturali stendlarni ("Kvant" IICHB) yaratishda foydalanilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz