Roman Zozulya
Roman Vyacheslavovich Zozulya (1989-yil 17 noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Ispaniyaning Fuenlabrada klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Ukraina Premyer-ligasida Kyivning „Dynamo“ va Dnipro klublarida oʻynagan. 2016-yilda Ispaniyaga kelib va „Real Betis“ shartnoma imzoladi. Klubda oltita La Liga oʻyinlarida ishtirok etdi. Albacete va Fuenlabrada jamoalarida 150 dan ortiq oʻyinlarida ishtirok etdi.
Zozulya 2010-yilda Ukraina terma jamoasi safida debyut qilgan. UEFA Yevro-2016da terma jamoasi sharafini himoya qilgan
Klublardagi faoliyati
Dynamo Kyiv
Kiyevda tugʻilgan Zozulya dastlab „Dynamo-3“ va „Dynamo-2“ da oʻynagan. 2007—2008-yilgi mavsumdan soʻng asosiy jamoa — Dynamo Kyivga oʻtgan.
Dnipro Dniproopetrovsk
2011-yilda Zozulya Dnipro jamoasiga qoʻshilgan. 2014-yilning 27-fevralida Yevropa ligasi doirasida Tottenhamga qarshi o‘yinda Zozulya Jan Vertongenga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi. „Tottenham“ oʻyinda 3 — 1 hisobida gʻalaba qozondi
Betis
2016-yilning 27 iyulida Zozulya La Liga vakili Real Betis bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 11-sentyabr kuni Valensiya qarshi oʻyinning 80-daqiqasida Álex Alegríaning oʻrniga maydonga tushdi, klub 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Klubda umumiy oltita oʻyin oʻtkazgan.
Rayo Vallecano
Zozulya 2017-yilning qishidan mavsum oxirigacha ijara asosida Rayo Vallecanoda oʻynadi. Uning kelishi klub muxlislari tomonidan norozilik bilan kutib olindi. 2017-yilning 1-fevralida Zozulya „Rayo“ muxlislarining salbiy munosabati tufayli shartnomasini bekor qildi va „Betis“ga qaytdi.
Albacete
2017-yil 8-sentyabr kuni erkin agent Zozulya Albacete Balompié bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Fuenlabrada
2021-yilning 31-iyulida, Alba ligaga tushib ketganidan so‘ng, Zozulya ikkinchi diviziondagi CF Fuenlabra klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Zozulya 2010-yilning 2-iyunida Oslodagi Ullevaal stadionida Norvegiyaga qarshi Ukraina terma jamoasi safida debyut qilgan. Zozulya oʻyinda gol urib 81-daqiqada almashtirildi. Yevro-2016 uchun Ukrainaning 23 kishilik terma jamoasiga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
26-fevral, 2021-yil holatiga koʻra
Xalqaro
14-yil, 2019-yil[14]
Xalqaro Gollar Manba:
Yutuqlari
Dynamo Kyiv FK Dnipro Dnipropetrovsk Manbalar
uz.wikipedia.org