Roman Tkachuk




Roman Denisovich Tkachuk (1932.31.8—1994.9.1, Moskva) — aktyor, rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955). 1953—58 yillar Turkiston harbiy okrugi drama teatrida, 1958—65 yillar rus akademik drama teatrida, 1965-yildan Moskva Satira teatrida ishlagan. Sahnada yaratgan Prisipkin ("Qandala"), Klim Samgin ("Boʻmboʻsh qalb tarixi"), Bolaganov ("Oltin buzoqcha"), Raskolnikov ("Jinoyat va jazo"), Hidoyatxon ("Maysaraning ishi"), Todoros ("Yolgʻonchi darkor"), Azamat ("Nomaʼlum kishi"), Samed ("Romeo, mening qoʻshnim"), Chasovnikov ("Dengiz") kabi obrazlari bilan tanilgan. "Ajoyib qotishma" (V.Kirshon), "Oy sonatasi" (A.Tur), "Yolgʻonchi darkor" (D.Psafas) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz