Roman Procházka




Roman Procházka (talaffuzi: Roman Proxazka; 1989-yil 14-martda Chexoslovakiyada tugʻilgan) — slovakiyalik futbolchi, Polshaning „Spartak“ (Trnava) klubi va Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Roman Procházka oʻz shahrining „Spartak Trnava“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007-yil 13-mayda (18 yoshida) „Eldus Močenok“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Slovakiya chempionatida debyut qildi. 2012-yilda Roman Procházka Bolgariyaning „Levski Sofia“ jamoasiga oʻtdi. 11-avgust kuni „Chernomorets Burgas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bolgariya chempionatida debyut qildi. Mavsum oxirida Roman Procházka „Spartak Tranva“ futbol klubiga ijara asosida qaytdi. 2014-yilning yozida u yana „Levski Sofia“ futbol klubi safiga qoʻshildi. 2-avgust kuni poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Roman Procházka jamoadagi ilk golini urgan.

2018-yilning yozida Roman Procházka „Viktoria Plzeň“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 20-iyul kuni poytaxtning „Dukla Praha“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gambrinus Ligada debyut qildi. 4-avgust kuni „Sigma“ga qarshi bahsda Roman Procházka „Viktoria Plzeň“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.

2015-yilning 18-iyunida Procházka „Levski Sofia“ futbol klubi bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi va u 2016-yilgacha „Levski Sofia“ futbol klubi safida toʻp surgan. Iyul oyida futbolchi „Levski Sofia“ futbol klubi tomonidan „vitse-kapitan“ deb eʼlon qilingan. Unga „Levski Sofia“ futbol klubining 2015—2016-yilgi mavsumdagi „Botev Plovdiv“ futbol klubiga qarshi birinchi oʻyinida sardorlik bogʻichi berilgan. 2017-yilga kelib u ko‘plab gollar urib, „Levski Sofia“ futbol klubining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan. Hamda, u koʻplab gollarga assistentlik qilib, 21-asrning ikkinchi oʻn yilligida muxlislar tomonidan eng sevimli oʻyinchi deya eʼtirof etilgan. 2017-yil 1-oktabr kuni Procházka „Cherno More Varna“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu oʻyindan soʻng, futbolchi „Levski Sofia“ jamoasi safida oliy divizionda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik futbolchiga aylangan. Procházka 2015-yilning 30-noyabrida „Levski Sofia“ futbol klubi bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yarim yilga uzaytirgan. Shu tariqa futbolchi 2018-yilning 31-dekabriga qadar klubda qolgan.

Xalqaro faoliyati



2011-yil 10-avgustda Avstriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi boʻlimda Juray Kutska oʻrniga maydonga tushgan Roman Procházka Slovakiya terma jamoasida debyut qilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz