Roman Pasichnichenko




Roman Sergeevich Pasichnichenko (ruscha: Роман Сергеевич Пасичниченко; 1981-yil 17-iyun, Dnepropetrovsk, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Karyerasi



"Dnepr-75" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. 1998-yildan beri „Dnepr“ klubining dublida oʻynadi. U asosiy tarkibdagi yagona oʻyinni 2001-yilning 23-sentyabr kuni Donetskning „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Bu oʻyinda avtogol muallifiga aylangan.

2002-yilda „Poligraftexnika“ klubiga oʻtdi va oliy ligada yana 6 ta oʻyin oʻtkazdi. 2003-yildan 2010-yilgacha Ukraina chempionatining quyi divizionidagi Podoliya, Zarya, Nikolaev, Stal-Dneprodzerjinsk, Stal-Alchevsk jamoalarida oʻynagan.

2010-yilning iyulidan dekabrigacha Oʻzbekistonning „Qizilqum“ klubida oʻynagan.

2011-yilda Ukrainaga qaytib keldi. Faoliyatini „Poltava“ va „Niva“ klublarida davom ettirgan. 2012-yil iyul oyidan boshlab Kremenchugning „Kremen“ klubida oʻynagan.

Ukraina yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2000-yilda ushbu jamoa bilan Germaniyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Bu turnirda jamoa sardori boʻlgan.

Ukraina yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz