Romain Saïss
Romain Ghanem Paul Saïss (talaffuzi: Romain Xanem Pol Saiss; arabcha: غانم سايس) 1990-yil 26-martda Fransiyaning Bur-de-Peyj shahrida tugʻilgan. Marokashlik futbolchi, „Beşiktaş“ klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Romain Ghanem Paul Saïss oʻz faoliyatini „Olympique de Valence“ futbol klubida boshlagan. 2012-yilda Romain „Clermont Foot“ jamosiga oʻtdi. 28-yanvar kuni „Bastia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 2da debyut qildi. 30-mart kuni „Havre“ jamosiga qarshi kechgan bahsda Romain Ghanem Paul Saïss „Clermont Foot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. 2013-yilning yozida Romain Ghanem Paul Saïss „Havre“ jamosiga koʻchib oʻtdi. 2-avgust kuni „Arles-Avignon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi. 2014-yilning 10-yanvarida „Mets“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Romain Ghanem Paul Saïss „Le Havre“ jamoasi safidagi birinchi golini urdi.
Xalqaro faoliyati
2012-yil 14-noyabrda Togoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Romain Ghanem Paul Saïss Marokash terma jamoasi safida debyut qildi. 2017-yilda Romain Ghanem Paul Saïss terma jamoa tarkibida Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika kubogida ishtirok etgan. Turnirda Romain Ghanem Paul Saïss Togo, Kot-d’Ivuar, Misr va Kongo DR jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Togoliklar bilan kechgan bahsda Romain Ghanem Paul Saïss terma jamoadagi ilk golini urdi.
2018-yilda Romain Ghanem Paul Saïss Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Romain Ghanem Paul Saïss Eron va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
2019-yilda Romain Ghanem Paul Saïss ikkinchi marta Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda Romain Ghanem Paul Saïss Namibiya, Kot-d’Ivuar, Janubiy Afrika va Beninga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2022-yilda Romain Ghanem Paul Saïss uchinchi marta Kamerunda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Gana, Komor orollari, Gabon, Malavi va Misr terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org