Romain Gall
Romain Thierry Marie Gall (talaffuzi: Romain Tyerri Mari Goll; 1995-yil 31-yanvarda Fransiya poytaxti Parijda tugʻilgan) — asli kelib chiqishi amerikalik boʻlgan futbolchi, „Malmö“ futbol klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.
Gall Fransiyada tugʻilgan. 7 yoshida u oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. 15 yoshida u AQSh fuqaroligini olgan.
Klublardagi faoliyati
Romain „DC United“, „Real Salt Lake“ va Fransiyaning „Lorient“ futbol klublari bitiruvchisi. 2014-yil 7-avgustda Gall oʻzining birinchi professional shartnomasini „Columbus Crew“ futbol klubi bilan imzolagan. 23-avgust kuni u MLSdagi debyutini „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilning 9-iyulida Romain oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Austin Aztex“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 12-iyul kuni u USLda „Real Monarchs“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan . 6-sentabr kuni „Seattle Sounders 2“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Marie Gall oʻzining jamoadagi ilk golini kiritgan. 2016-yilning 12-fevralida mavsumoldi yig‘ini chog‘ida „Columbus Crew“ jamoasi uni jamoadan chiqarib yuborgan.
Xalqaro faoliyati
2015-yilda Romain Yamaykada boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi CONCACAF chempionatida ishtirok etadigan 20 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasiga kiritilgan. Turnirda u Gvatemala, Aruba, Yamayka, Salvador va Trinidad va Tobago yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yamaykaliklar va arubaliklarga qarshi janglarda Marie Gall „dubl“ va „xet-trik“ qayd etgan. Musobaqa natijalariga koʻra, u Hirving Lozano bilan birgalikda turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
2018-yilning 6-noyabr kuni Gall Angliya va Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun AQSh terma jamoasiga chaqirilgan. U 20-noyabr kuni Italiyaga qarshi o‘yinda 83-daqiqada Christian Pulisic o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa Amerika terma jamoasida debyut qilgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org